O‘zbek zargarlik buyumlari necha guruhga bo‘linadi?

QANDAY QILIB BUTUNJAHON JAMIYATIGA DO‘ST BO‘LISH MUMKIN?

O‘zbek zargarlik buyumlari necha guruhga bo‘linadi?

O‘zbekiston an’anaviy san’atining eng rivojlangan turlaridan biri bu zargarlikdir.

Zargarlar ayol va erkaklarning bezaklarini yasashgan, qurollar, idishlar, mayda maishiy buyumlarni qimmatbaho toshlar bilan bezatishgan. Zargarlik san’atining eng yirik markazlari Buxoro, Samarqand, Xiva, Toshkent, Qo‘qon hisoblangan. Ushbu turdagi hunarning o‘ziga xos maktabi Qoraqalpog‘istonda ham yuzaga kelgan. O‘zbekiston DSMda XIX asr oxiri – XX asr o‘rtasidagi Xiva, Buxoro, Samarqand va Toshkentning zargarlik buyumlari taqdim qilingan. XIX asrda bezaklar estetik vazifa bilan birga ijtimoiy vazifani ham saqlab qolgan. Chaqnoq toshli va marvaridli tilla buyumlar zodagonlarga mo‘ljallangan.

Aholining o‘rta qatlamlari rangli toshlar, marjon, shisha bilan bezatilgan kumush va zarhal bezaklardan foydalangan. Nochor odamlar esa mis, bronza va shishadan yasalgan buyumlardan foydalangan.

Taqib yurish usuli bo‘yicha bezaklar shartli ravishda bir necha guruhga bo‘linadi: bosh (zulfitillo), peshana (tillaqosh, bargak), soch o‘rimi (chochpopuk), quloq (zirak, baldoq), bo‘yin (xafaband), ko‘krak (zebigardon, murgak), qo‘ltiq osti (qo‘ltiq tumor, bozband), bel (peshxalta), qo‘l (bilaguzuk) bezaklari. Zargarlik bezaklari shakli va dekorida stilizatsiyalangan o‘simlik naqshi ustun bo‘lib, geometrik, astral, hayvonlar mavzusi bilan qo‘shilib kelgan. Zargarlar turli texnik usullarga ega bo‘lgan: quyish, bolg‘alash, o‘yib naqsh solish, bosib naqsh solish, qora kumush, to‘rsimon va qoplama filigran, kesma o‘yiq, o‘ymakorlik, to‘siqsimon qadama naqsh, zarhal. Har bir zargarlik markazi buyumlarining o‘ziga xos shakllari, dekor, ijro texnikasi bilan ajralib turgan.

Bu haqda “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” turkumidagi “O‘zbekiston Davlat san’at muzeyi to‘plami” (XIII jild) kitob-albomidan batafsil ma’lumot olishingiz mumkin.

Loyihaning bosh homiysi Eriell-Group neftservis kompaniyasi.
O‘zbek zargarlik buyumlari necha guruhga bo‘linadi?O‘zbek zargarlik buyumlari necha guruhga bo‘linadi?