O‘zbekiston kandakorlari qanday uslub va naqshlardan foydalanishgan?

QANDAY QILIB BUTUNJAHON JAMIYATIGA DO‘ST BO‘LISH MUMKIN?

O‘zbekiston kandakorlari qanday uslub va naqshlardan foydalanishgan?

O‘zbekiston amaliy san’atining eng qadimiy turlaridan biri metalga ishlov berish hisoblanadi.

DSMda XVIII – XX asr boshlaridagi o‘zbek mis-zarb buyumlar kolleksiyasi saqlanadi. O‘zbek xonliklari davrida an’anaviy kandakorlikning yetakchi markazlari Buxoro, Xiva, Qo‘qon, Samarqand, Qarshi, Shahrisabz, Toshkent bo‘lgan. Ushbu markazlarning buyumlari nisbatlarning klassik vazminligi, nafis shakllar va jonli bezak bilan ajralib turadi. 

O‘zbek kandakorligi usullari – chuqur o‘ymakorlik kandakori, biroz chuqur – chizma, o‘yma texnika – shabaka. Utilitar ahamiyatdan tashqari kandakorlik idishlarining dekorativ sifatlari qadrlangan – ular yashash xonalari jihozlarining bir qismi sifatida ichiga o‘rnatilgan javonlarning ochiq tokchalariga qo‘yilgan. XIX asr – XX asr boshlaridagi buyumlar shakli va funksional vazifasi bo‘yicha turlichadir. Hashamdor bezatilgan, suv solish uchun mo‘ljallangan nafis ko‘zalar oftoba va choy uchun choydishlar alohida shuhrat qozondi. 

Uy-ro‘zg‘or anjomlari, shuningdek patnis, shamdon, chelak, ovqat tashish uchun mo‘ljallangan idishlar, suv cho‘michlari, qo‘ra, yuvinish tog‘orachalari dastsho‘y, qutichalar, tamakidonlar bilan keltirilgan. Kandakorlik buyumlaridagi naqshlar o‘zbek amaliy-dekorativ san’atining boshqa turlarida ham uchraydi. Nafis chirmashgan o‘simlik naqshi — islimiy eng ko‘p tarqalgan naqsh hisoblanadi. Girih geometrik naqsh yordamchi xususiyatga ega. Kalligrafiya yozuvlari ham uchraydi. Hayvon tasvirlaridan kamdan-kam foydalanilgan. 

Asosan bu hayvon tanasining biron-bir a’zosi bilan bog‘langan mavzulardir: chashmi bulbul (bulbul ko‘zi), pushti baliq (baliq tangalari), qo‘chqorak (qo‘chqor shoxi) va boshqalar. Ko‘pincha ko‘za bandi va tumshug‘i hayvon hamda qushlarning boshi ko‘rinishidagi hajmli plastik detallar bilan bezatilgan.

Bu haqda “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” turkumidagi “O‘zbekiston Davlat san’at muzeyi to‘plami” (XIII jild) kitob-albomidan batafsil ma’lumot olishingiz mumkin.

Loyihaning bosh homiysi Eriell-Group neftservis kompaniyasi.

O‘zbekiston kandakorlari qanday uslub va naqshlardan foydalanishgan?
O‘zbekiston kandakorlari qanday uslub va naqshlardan foydalanishgan?