O‘zbekistondagi turli maktablarning sopol buyumlari bir-biridan qanday farq qilgan?

QANDAY QILIB BUTUNJAHON JAMIYATIGA DO‘ST BO‘LISH MUMKIN?

O‘zbekistondagi turli maktablarning sopol buyumlari bir-biridan qanday farq qilgan?

Amaliy san’atning eng qadim turlaridan biri badiiy kulolchilik hisoblanadi.

O‘zbekistondagi turli maktablarning sopol buyumlari bir-biridan qanday farq qilgan?

O‘zbek xonliklari davrida hunarmandchilikning ushbu turida uchta: shimoli-sharqiy (Farg‘ona), Buxoro-Samarqand va shimoli-g‘arbiy (Xorazm) maktablari mavjud bo‘lgan. Mashhur umumiylikda, ularning har biri o‘ziga xos ba’zi mahalliy xususiyatlar bilan ajralib turgan. Shunday qilib, Farg‘ona vodiysi va Xorazm kulolchiligida ko‘k-moviy rang ustun turgan bo‘lib, ishqorli sir ishlatilgan. O‘z navbatida Buxoro-Samarqand markazlari asosan qo‘rg‘oshin siri bilan qoplangan sariq-jigar rang gammali keramikasi bilan mashhur. 

XIX asr oxiri – XX asr o‘rtasida Buxoro yaqinidagi O‘ba qishlog‘i va Kasbi (Qashqadaryo)da loydan hushtak o‘yinchoqlarni yasash an’anasi ham rivojlangan edi. Rishton kulolchilik markazi yetakchi o‘rin tutgan. DSM ekspozisiyasida XIX asr oxiriga mansub nafis popuksimon naqshli Rishton buyumlari bor. Rishton kulolchiligida eng keng tarqalgan mavzu chorbarg, anorgul, bodomgul, barg, islimi (o‘simlik novdalari) hisoblanadi. Ornamentikaga ko‘pincha – choydishlar, ko‘zalar, musiqiyasboblardan tortib, miltiq va pichoqlargacha bo‘lgan buyum tasvirlari kiritiladi. Shunday qilib bunday turdagi buyumlarning o‘ziga xos namunasi DSM to‘plamidagi bir nechta Rishton laganlari hisoblanadi, bu yerda o‘rtada egiluvchan shoxlar qurshovidagi choydish tasviri berilgan. 

O‘zbekistondagi turli maktablarning sopol buyumlari bir-biridan qanday farq qilgan?

Farg‘ona maktabining tan olingan boshqa markazi Gʻurumsaroy hisoblanib, u yerda T. Shermatov, X. Sotimov, M. Rahimov, M. Turopov va boshqalar ishlagan. Gʻurumsaroy kulolchiligini naqshlarning qadimiy xususiyati ajratadi. Asosiy mavzu – ko‘za, chorbarg, yirik xochsimon naqsh, yulduzsimon shakllar. Muzey ekspozisiyasida, shuningdek O‘ratepa va Qo‘qon kulolchiligi namunalari berilgan. Gʻijduvon kulolchiligi dekorida stilizatsiyalangan o‘simlik mavzulari ustunlik qilgan. Shahrisabz ustalarining buyumlari abstrakt shakl va boy iliq palitra bilan ajralib turadi. Xorazm kulolchiligi me’moriy qoplamalardan o‘zlashtirib olingan naqshlari bilan mashhurdir. Faqat ushbu markazda badiya, ya’ni chetlari vertikal ko‘tarilgan laganlar yasalgan. 

Toshkentda kulolchilik buyumlarining ishlab chiqarilishi Ko‘kcha hududida to‘plangan bo‘lib, bu yerda Kulolgaron-kulollar mahallasi joylashgan edi. Mahalliy ustalar Farg‘ona hamda Buxoro-Samarqand maktabi kulollari ta’sirida sirlangan buyumlarni yasaganlar. XX asr o‘rtalarida naqshlashning qadimiy texnologiyalari va usullaridan yaxshi xabardor bo‘lgan mashhur toshkentlik usta M. Rahimov turli davrlardagi maktablarning kulolchilik an’analariga murojaat qilgan holda o‘ziga xos ijodiy tajribasini boshlaydi.

Bu haqda “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” turkumidagi “O‘zbekiston Davlat san’at muzeyi to‘plami” (XIII jild) kitob-albomidan batafsil ma’lumot olishingiz mumkin.

Loyihaning bosh homiysi Eriell-Group neftservis kompaniyasi.