Qimmatbaho ipak matolar va to‘nlar

QANDAY QILIB BUTUNJAHON JAMIYATIGA DO‘ST BO‘LISH MUMKIN?

Qimmatbaho ipak matolar va to‘nlar

Saksoniya Davlat etnografiya to‘plamlari (SES) 2004 yili Leypsig, Drezden va Xernxutdagi uchta etnologiya muzeyining ko‘rgazmalaridan yig‘ilgan.

Qimmatbaho ipak matolar va to‘nlar

 Uch muzeyning hammasi ashyolar yig‘ish bo‘yicha o‘z anʼanasiga ega bo‘lib, bu ularning tarixiga ham mutanosib keladi. Leypsigda diqqat markazida kulolchilik tursa, Drezdenda to‘qimachilik shunday ahamiyatga ega. Xernxutga kelsak, uning kichkina to‘plamida O‘zbekistonga oid ashyolardan bir nechta bor, xolos. 

Hozirda bor o‘zbek to‘plamining katta qismi leypsiglik rassom Gerd Tilemann tomonidan yig‘ilgan. XIX asr oxiridan Yevropa xususiy va muzey to‘plamlarida abr matolar va to‘nlar paydo bo‘la boshlagan. O‘zbek atlas va adras matolarini tayyorlashning o‘ziga xos jihati tag ipini oldindan tushirilgan rasm bo‘yicha bo‘yash bilan belgilanadi. Tayyor mahsulot – eni 30 – 45 santimetrlik matodan kiyim va boshqa turdagi mahsulotlar tikilgan. Atlas va adras matolar bezagi bilan kishini maftun etadi, oddiy to‘qimachilik dastgohlarida ana shunday aql bovar qilmas naqshlar solinishining o‘zi g‘aroyibdir. 

Asosiy mato – ipak yoki ipak va paxta bo‘lgan. Ipak matolardagi naqshlar go‘zal bo‘lgan. Shunisi ajoyibki, odiy tikuv dastgohida bunday go‘zal rasmlar hosil bo‘lgan. Marg‘ilon, Namangan, Qo‘qon, Buxoro, Samarqand, Kitob O‘zbekiston ipakchilik madaniyatining eng yirik markazlaridir. Qimmatbaho ipak to‘nlar yuqori tabaqalar doirasida bir nechtasi ustma-ust kiyib yurilgan. Ustki kiyim ushbu turini bichishning anʼanaviy andazasi T harfisimon shaklda bo‘lgan. Barcha to‘nlarda astar bo‘lgan.

Ayol va erkaklar to‘ni bir xil ko‘rinishga ega bo‘lib, ularni deyarli ajratib bo‘lmasdi. XIX asrda va XX asr boshida astar uchun asosan ham mahalliy ishlab chiqarilgan, ham Rossiyadan keltirilgan chit va paxta qo‘llangan. Baʼzan astar o‘rnida boshqa abr mato parchalari ham ishlatilgan. Mustaqillikka erishgach, O‘zbekiston G‘arb bozoriga erkin chiqish imkoniga ega bo‘ldi va zamonaviy ustalar qo‘lda to‘qigan ipak matolar barcha o‘zbek to‘qimachiligi shaydolarining qalbini yana o‘ziga rom etmoqda.

Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" turkumidagi “Germaniya Federativ Respublikasi to‘plamlari” kitob-albomida (XI jild) tanishishingiz mumkin. 

Loyihaning bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.