Buxoro amiri Nikolay II dan Peterburgda masjid qurish uchun qanday qilib ruxsat olgan?

QANDAY QILIB BUTUNJAHON JAMIYATIGA DO‘ST BO‘LISH MUMKIN?

Buxoro amiri Nikolay II dan Peterburgda masjid qurish uchun qanday qilib ruxsat olgan?

1910 yilning 3 fevralida Sankt-Peterburgda uzoq kutilgan voqea sodir bo‘ldi, shu kuni Kronverk shoh ko‘chasining Petrograd tomonida jome masjidga tamal toshi qo‘yish bo‘yicha tantanali marosim bo‘lib o‘tgan.

Bu tadbirda Buxoro amiri Said Abdulahadxon (1859 – 1910) va Rossiya imperiyasining poytaxti musulmon jamiyatining atoqli arboblari ham ishtirok etganlar. Hech bir mubolag‘asiz aytish mumkinki, Sankt-Peterburg jome masjidi binosiga tamal toshini qo‘yish bo‘yicha ko‘p yillik harakatlarning nihoyat muvaffaqiyatga erishishida Said Abdulahadxonning shaxsan ishtirok etganligi juda muhim ahamiyat kasb etgan.

Buxoro taxtiga chiqqan amirlarning to‘qqizinchisi bo‘lmish bu hukmdor chindan hamjuda ajoyib shaxs bo'lgan Buxoro amirligining hukmdori sifatida u sanoatlashtirish va zamonaviylashtirish bo‘yicha bu hududning rivojlanishida juda muhim ishlarni amalga oshirgan. Yangi va Eski Buxoro o‘rtasida temir yo‘l qurilishi, foydali qazilmalarni qazib olish ishlarining boshlanishi, ilk metallurgiya korxonalarining ochilishi kabi ishlarni amirning shaxsiy tashabbuslari sifatida ko‘rsatib o‘tish mumkin. Insonparvarlik sohasida esa uning o‘lim jazosini bekor qilganligi va keng ko‘lamdagi xayriya ishlarini boshlaganligi o‘z zamondoshlarining chuqur hurmatiga sabab bo‘lgan. 

Turkiston xayriya jamiyatining aʼzosi bo‘lgan Said Abdulahadxon islom dinini rivojlantirish ishlariga katta eʼtibor qaratgan. U peterburglik musulmonlarning ko‘mak haqidagi iltimoslarini ham yerda qoldirmagan. 1904 yil Nikolay II ning qabulida esa u deyarli imkoni yo‘q bo‘lgan ish – Sankt-Peterburgda masjid qurilishiga eng yuqori darajadagi ruxsatni olishga muvaffaq bo'lgan. Ikki yil o‘tib, 1906 yilning 28 may kuni jome masjidini qurish bo‘yicha qo‘mita o‘z faoliyatini boshlagan. Peterburgdagi masjidning qurilishini o‘z zimmasiga olgan Buxoro amiri uning eng katta homiylaridan biri bo‘lganligi ham ajablanarli emas, albatta.

Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" turkumidagi "Din tarixi Davlat Muzeyi to‘plami" kitob-albomida ( XII jild) tanishishingiz mumkin.

Loyiha bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.

Buxoro amiri Nikolay II dan Peterburgda masjid qurish uchun qanday qilib ruxsat olgan?