O‘zbekistonda yog‘och o‘ymakorligi va naqqoshlikning qanday maktablari mavjud bo‘lgan?

QANDAY QILIB BUTUNJAHON JAMIYATIGA DO‘ST BO‘LISH MUMKIN?

O‘zbekistonda yog‘och o‘ymakorligi va naqqoshlikning qanday maktablari mavjud bo‘lgan?

Shuningdek, yog‘och o‘ymakorligi va naqshlari muzey kolleksiyasida keng taqdim qilingan.

Ushbu san’at ob’yektlari – turli xil maishiy buyumlar (pardalar, o‘yma va naqshinkor ko‘p qirrali uzunchoq shaklli stolchalar, past stolchalar, ya’ni xontaxtalar, kitob qo‘yiladigan lavhlar, penallar, qutichalar, musiqiy asboblar), shuningdek me’moriy konstruksiya elementlari (ustunlar, shiftga qo‘yiladigan to‘sinlar, eshiklar). Yog‘och o‘yma ustunlar, eshiklar va boshqa me’moriy elementlardan keng foydalanish o‘zbek xonliklari poytaxtlari – Xiva, Buxoro, Qo‘qon, shuningdek Samarqand va Toshkentda juda mashhur bo‘lgan.

Yog‘och o‘ymakorligida texnikaning fonli va uch qirrali o‘yiq, fonsiz, o‘yma naqshli turlari ishlatilgan. Ganch dekoridagi singari ornamental repertuar geometrik naqshlar (pargori, bag‘dodiy) va stilizatsiyalangan-o‘simlik naqshlari (islimi)ga asoslangan.

Muzeyda XIX asrning ikkinchi yarmi – XX asrning birinchi yarmida yog‘och o‘ymakorligining Toshkent, Xiva, Qo‘qon, Samarqand va Buxoro ustalari tomonidan yaratilgan namunalari saqlanadi. Ehtimol ushbu amaliy san’at turining eng qiziqarli markazi Xiva hisoblanar. Muzey ekspozisiyasida Xiva o‘ymakorligini ustun va eshiklarning ajoyib namunalari tufayli baholash mumkin. Xiva o‘ymakorligining mashhur vakillari Polvonovlar sulolasi hisoblanadi. Ushbu sulola ijodining gullab-yashnashi XIX asr – XX asr boshlariga to‘g‘ri keladi. 

Qo‘qon o‘ymakorlik va naqsh maktabining eng yaxshi an’analarini usta K. Haydarov namoyish qiladi. Uning nafis o‘simlik surati solingan naqsh bilan ajralib turadigan buyumlari muzey ekspozisiyasida taqdim qilingan. Toshkent yog‘och o‘ymakorligi va naqsh maktabi to‘g‘risida S. Xo‘jayev, M. Qosimov, A. Fayzullayevning ajoyib ishlariga qarab baho berish mumkin.

Bu haqda “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” turkumidagi “O‘zbekiston Davlat san’at muzeyi to‘plami” (XIII jild) kitob-albomidan batafsil ma’lumot olishingiz mumkin.

Loyihaning bosh homiysi Eriell-Group neftservis kompaniyasi.

O‘zbekistonda yog‘och o‘ymakorligi va naqqoshlikning qanday maktablari mavjud bo‘lgan?
O‘zbekistonda yog‘och o‘ymakorligi va naqqoshlikning qanday maktablari mavjud bo‘lgan?