O‘zbekiston Davlat san’at muzeyidagi ganch o‘ymakorligi va naqsh kolleksiyasi

QANDAY QILIB BUTUNJAHON JAMIYATIGA DO‘ST BO‘LISH MUMKIN?

O‘zbekiston Davlat san’at muzeyidagi ganch o‘ymakorligi va naqsh kolleksiyasi

O‘zbekistonda ganch dekoridan saroy, masjid va uy devorlarini bezatish uchun foydalanilgan.

XIX asr oxiri – XX asr boshlarida ushbu san’at turlarining Xiva, Buxoro, Toshkent, Samarqand, Farg‘ona kabi mashhur markazlari mavjud bo‘lgan. Sh. Murodov va M. Salixov (Buxoro); Rashid va Quli Jalilovlar, Sh. Gʻafurov, Yu. Azizov, T. Imomov, M. Yunusov (Samarqand); U. Ikromov, T. Arslonqulov (Toshkent); A. Musayev, Soliyev (Farg‘ona); R. Masharipov, A. Boltayev (Xiva) kabi ustalar faol ravishda ishlaganlar.

O‘yma va naqshinkor ganch bilan mehrob va ustunlar bezatilgan. Amaliy san’atning ornamental repertuari geometrik (girih) va o‘simlik (islimi) naqshlaridan iborat. Ko‘pincha o‘rta asrlarning me’moriy dekori va miniatyurasi bo‘yicha ma’lum bo‘lgan gullayotgan butalar va guldondagi guldastalar tasviri uchraydi.

Ganchning muzey kolleksiyasi XVIII – XX asrlarga borib taqaladi. Bu kichik panno va devoriy javonlarning serhasham qatoridir. Alohida o‘yma yoki naqshdor parchalar bilan bir qatorda ekspozisiyaga aralash texnikada bajarilgan, bir vaqtning o‘zida naqsh va o‘ymakorlik bilan bezatilgan panno ham kiritilgan.

Bu haqda “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” turkumidagi “O‘zbekiston Davlat san’at muzeyi to‘plami” (XIII jild) kitob-albomidan batafsil ma’lumot olishingiz mumkin.

Loyihaning bosh homiysi Eriell-Group neftservis kompaniyasi.

O‘zbekiston Davlat san’at muzeyidagi ganch o‘ymakorligi va naqsh kolleksiyasi