Italiyalik senator Adamoli Xudoyorxon saroyida nima qilgan?

QANDAY QILIB BUTUNJAHON JAMIYATIGA DO‘ST BO‘LISH MUMKIN?

Italiyalik senator Adamoli Xudoyorxon saroyida nima qilgan?

Italiyadagi Stibbert muzeyi kolleksiyasi uchun 1981 yilda sotib olingan, Italiya geografiya jamiyatining faxriy aʼzosi, senator Julio Adamoli (1840 – 1926) tomonidan G‘arbiy Osiyo va Yaqin Sharqqa qilgan sayohatlari davomida to‘plangan (qirqqa yaqin buyum) liboslar va qurollar muhim ahamiyat kasb etadi.

Italiyalik senator Adamoli Xudoyorxon saroyida nima qilgan?

Ularning aksariyati 1869 – 1870 yillarda Turkistondan sotib olingan noyob va rang-barang o‘zbeklar hamda qirg‘izlarning liboslari va aksessuarlaridir. Bu mintaqaning Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olingan ilk davrlariga to‘g‘ri keladi va bu payt mahalliy liboslarning o‘ziga xos muhim xususiyatlari hali o‘zgartirilmagan edi. 

Adamolining o‘zi ham bunday kiyimni kiyib ko‘rgan va bu haqda uning fanga unchalik maʼlum bo‘lmagan mazkur mintaqa urf-odatlari borasidagi juda qimmatli manbaga aylangan xotira kitoblarida chop etilgan fotosuratlar guvohlik beradi. Adamoli o‘z esdaliklarida bu paytda Rossiya nazorati ostida bo‘lgan mintaqa bo‘ylab sayohat qilib, diplomatik vakillik mehmoni sifatida bir necha oy Toshkent va Samarqand o‘rtasida qatnagani haqida yozgan. U bu yerda ko‘plab mahalliy arboblar bilan aloqada bo‘lgan va hatto keyingi davrda eng mashhur sharqshunos mutaxassis sifatida tanilgan rassom – Vasiliy Vasilyevich Vereshchagin bilan ham uchrashgan. 

O‘sha davrda hali muxtoriyatni saqlab turgan Qo‘qonga safari chog‘ida Adamoli Qo‘qon hukmdori Xudoyorxon (1845 – 1875 yillar) saroyiga tanishtirilishi vaqtida unga libos inʼom qilingani haqida quyidagicha yozadi: «Tanishtirilganimdan keyin Mextar darhol menga xonning sovg‘alarini taqdim etdi; bu zarhal iplardan tikilgan rango-rang adras chopon edi». Bugungi kunda ushbu tuhfalar Stibbert muzeyi kolleksiyasining bir qismidir.

Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" turkumidagi “O‘zbekiston madaniy merosi Italiya to‘plamlarida” kitob-albomida (XXXII jild) tanishishingiz mumkin.

Loyihaning bosh homiysi Eriell-Group neftservis kompaniyasi.