ЎЗБЕКИСТОН МАДАНИЙ МЕРОСИ ИТАЛИЯ ТЎПЛАМЛАРИДА

Tavsif

O‘ZBEKISTON MADANIY MEROSI ITALIYA TO‘PLAMLARIDA Italiyaning Boloniya shahrida «Tib qonunlari»ning qadimgi yahudiy tiliga to‘liq tarjimasining yagona nusxada saqlanib qolgan qo‘lyozmasi mavjud. Ibn Sinoning (Avitsenna) ushbu asari yetti asr davomida Sharqda ham, G‘arbda ham tibbiyot fanini o‘rganish uchun asosiy dastur vazifasini o‘tagan. Asar 1279 yilda Natan xa-Meati tomonidan tarjima qilingan. Qo‘lyozma o‘zining chiroyli bezaklari va ajoyib illyustratsiyalari bilan ajralib turadi, bu esa uni o‘rta asrlarning oxiridagi tibbiyotga oid tasvirlar jamlangan eng qimmatli to‘plamlaridan biri sifatida taqdim qiladi. Djuzeppe Tuchchi nomidagi Rim Sharq sanʼati muzeyi to‘plami kitob-albomda Afrosiyob manzilgohidan topilgan X-XI asrlarga oid zargarlik buyumlari, so‘zanalar va turli idish-tovoqlar orqali taqdim etilgan. Turindagi Sharq sanʼati muzeyi Afrosiyob manzilgohidan topilgan X-XI asrlarga oid oshxona anjomlari, shuningdek, temuriylar davriga oid koshinlar, shu jumladan Shalimar kolleksiyasi bilan taqdim etilgan. Florensiyaning Stibbert muzeyi, Milan madaniyat muzeyi kolleksiyalari, shuningdek, Antonio Ratti va Levi oilasi fondlarining kolleksiyalari esa albomda XVIII-XX asrlarga oid to‘qimachilik buyumlari bilan taqdim etilgan. Eksponatlar orasida Buxoro, Toshkent, Shahrisabzda tayyorlangan choponlar, nimchalar, ko‘ylaklar, do‘ppilar va boshqa bosh kiyimlar, chavandozlar etigi, so‘zanalar bor. Umuman olganda, ushbu jild Italiyaning O‘zbekistonning anʼanaviy madaniyatiga qanday eʼtibor va qiziqish bilan munosabatda bo‘layotganligi yaqqol ko‘rsatib turibdi.