Turin Sharq san'ati muzeyidagi temuriylar peshlavhalaridan parchalar

QANDAY QILIB BUTUNJAHON JAMIYATIGA DO‘ST BO‘LISH MUMKIN?

Turin Sharq san'ati muzeyidagi temuriylar peshlavhalaridan parchalar

MAO kolleksiyasi temuriylar davri peshlavhalarining kamida uchta namunasini o‘z ichiga oladi.

Turin Sharq san'ati muzeyidagi temuriylar peshlavhalaridan parchalar

Guldor panno (cuerda seca texnikasi, ISp/31) handasaviy shakllar ichida guldastali naqsh bilan moviy fonda feruza, sariq, qora ranglar bilan bezatilgan to‘rtburchak shaklli o‘n ikkita peshlavhadan iborat. Yana bir obyekt (ISp/30) –(Qurʼon yozuvi bilan mozaika texnikasida tayyorlangan to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi qimmatbaho koshinli polixrom panno) (18-sura XLVIII: «ularni yaqin g‘alaba bilan (mukofotladi)»). Feruzarang hoshiya moviy fonda feruza, oq, yashil va sariq ranglardagi gulli naqshlarni o‘z ichiga oladi. 

Muarraq nomi bilan mashhur bo‘lgan mozaika texnikasini ilk marotaba eronlik kulollar qo‘llashgan. Ularning aksariyati Amir Temur tomonidan XIV asr oxirida Samarqandga olib kelingan. Silliq bir tekis (ko‘pincha feruza, yashil, oq, qora va xantal rangdagi) peshlavhalardan shaklli detallar kesib olingan, so‘ngra naqshli pannolar boshqotirma singari to‘plash usuli orqali yig‘ilgan. Bu uslub Movarounnahrda rivojlanib bordi va yangi nafis uslublarda shakllanib, keyinchalik Eronga qaytdi.

Bu yerda devoriy bezakning ushbu turi safaviylar davriga qadar qo‘llanildi. Mozaika va mayolika (cuerda seca texnikasidagi panno) bilan birga shaklli sirlangan kulolchilik plitkalari ham ishlab chiqarilgan. MAO kolleksiyasidagi shunday misollardan biri (ISp/9) temuriylarning sopol to‘g‘ri burchakli mayolika peshlavhalaridir. 

Uning tepa qismi uchli bo‘lib, uni muqarnas elementi sifatida belgilaydigan egilgan arkali shaklga ega bo‘lgan. Muqarnas – bu stalaktitga o‘xshash plitkalar bo‘lib, ularning har biri alohida va ehtiyotkorlik bilan ishlangan, so‘ngra ular gumbazlarning ichki egilish qismlari, masjid va maqbaralarning taxmonlari va peshtoqlari, temuriylar davri, ayniqsa, XIV asr oxiriga oid boshqa sulola binolarini bezash uchun ishlatilgan.

Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" turkumidagi “O‘zbekiston madaniy merosi Italiya to‘plamlarida” kitob-albomida (XXXII jild) tanishishingiz mumkin.

Loyihaning bosh homiysi Eriell-Group neftservis kompaniyasi.