Qusama ibn Abbos majmuasi ziyoratxonasidagi XI asrga oid frizdagi bitik

QANDAY QILIB BUTUNJAHON JAMIYATIGA DO‘ST BO‘LISH MUMKIN?

Qusama ibn Abbos majmuasi ziyoratxonasidagi XI asrga oid frizdagi bitik

Ziyoratxonaning shimoliy devorida XI asr oxiriga oid bezakli havoza (friz) qoldiqlari saqlangan.

Ular o‘tgan asrning 60-yillarida o‘tkazilgan tekshirishlar natijasida topilgan. Bu yerda binoning ajoyib o‘ymakor yog‘och qismlari, ya’ni havoza va uning ustidagi o‘yma to‘sinning qismi bilan birga saqlanib qolgan. Silliq tekislangan to‘sinlarda nafis qilib o‘sha davrga xos o‘simliknusxa naqsh va bitiklar ishlangan. O‘rta Osiyoda yog‘ochni o‘yib naqsh solishning qadimgi nusxalari kamdan-kam uchraydi.

Bu o‘yma yog‘och qismlari – Samarqandda birinchi marta topilgan XI asrga oid yakk a-yagona yodgorlik. Havozadagi naqsh va bitiklar chuqur o‘yma uslubida, kufiy xatida ishlangan. Zeru zabarlar qo‘yilmagan. Harflar chizilishi uslublaridan matn aynan XI asrga oidligiga shubha yo‘q. Bu yozuv parchasi noma’lum marhumning vafoti haqidagi matn (epitafiya)ning oxirida bitiladigan duolar qismi bo‘lib chiqdi.

… Alloh uni, ota-onasini va barcha musulmonlarning gunohini kechirsin!
Ey, rahmlilarning rahmlisi. Tarix muharram oyining.....

Memorial ansambl binolari haqida batafsil ma’lumotni “O‘zbekiston me’moriy epigrafikasi” turkumidan “Samarqand. Shohi-Zinda” kitob-albomidan olishingiz mumkin.

Qusama ibn Abbos majmuasi ziyoratxonasidagi XI asrga oid frizdagi bitik