Panor buva va Xudoybergan Devonov

QANDAY QILIB BUTUNJAHON JAMIYATIGA DO‘ST BO‘LISH MUMKIN?

Panor buva va Xudoybergan Devonov

Muzeyda saqlanayotgan fotonegativlar to‘plami uch mingdan ziyod bo‘lgan fotosuratlar va mingga yaqin fotonegativlarni o‘zida mujassam etgan.

Mazkur to‘plam 1924 yilda shakllana boshlagan. 1939 yilda Nurullaboy saroyida viloyat o‘lkashunoslik va inqilob tarixi muzeyi ochilishi munosabati bilan muzey fondiga o‘zbek foto va kino sanʼatining otasi Xudoybergan Devonovning XIX asr oxiri – XX asr boshlarida bo‘lib o‘tgan tarixiy voqealar, Xorazmning meʼmoriy obidalari, mahalliy aholining turmush tarzi urf-odatlarini aks ettiruvchi fotosuratlar va shisha negativlari qabul qilindi.

Xudoybergan Devonov nomi o‘zbek kino sanʼati tarixida alohida o‘rin egallaydi – u bu sohaning kashfiyotchisi edi. Xo‘jayli mulkining boshqaruvchisi va kuzatuvchisi Nurmuhammad Devonov oilasida 1879 yil 3 avgustda tug‘ilgan Xudoybergan yoshligidan zukkoligini namoyon qilgan. Taʼlim asoslarini uyda oladi – otasi unga o‘qish va yozishni o‘rgatadi. O‘g‘lining rus tiliga qiziqishi paydo bo‘lganini ko‘rib, uni rus-tuzem maktabiga o‘qishga joylaydi. Keyin, o‘g‘li kasb-hunar o‘rganishi va mahoratli usta bo‘lib yetishishi uchun, soatsozga shogirdlikka beradi.

Kunlarining birida baliq oviga yo‘l olgan Xudoybergan kinohavaskor Vilgelm Penner bilan uchrashib qoladi. Mahalliy aholi uni «Panor buva» (Fonar buva – beso‘naqay fotoapparati uchun) deb atashardi. Ular orasida do‘stlik yuzaga keldi, shu tariqa Xudoybergan foto va kino sanʼatining ibtidosini anglay boshladi. Bir kuni ustoz shogirdiga: «Bu hunarni o‘rganishni hech kim istamagan edi. Mullalar gunohi azim deb qo‘rqitardi. O‘zim ham tuproqqa olib ketaman, chog‘i, deb qo‘rqqandim. Xayriyat, zehnli yigit ekansan, sendan binoyiday suratchi chiqdi» – deydi. Penner hamma asbob-anjomlarini Xudoyberganga hadya qiladi va mustaqil ishlashi uchun oq fotiha beradi.

Batafsil "O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" loyihasi, 47- jild, “Ichan-Qalʼa” davlat muzey-qo‘riqxonasi to‘plami» kitob-albomi o‘qishingiz mumkin.

Loyiha bosh homiysi – Eriell Group neft xizmatlari kompaniyasi.   

Panor buva va Xudoybergan Devonov