O‘rta Osiyo to‘plami buyumlari va ularning to‘plovchilari

QANDAY QILIB BUTUNJAHON JAMIYATIGA DO‘ST BO‘LISH MUMKIN?

O‘rta Osiyo to‘plami buyumlari va ularning to‘plovchilari

O‘rta Osiyoga daxldor buyumlarning eng qadimiysi Natalya Petrovna (familiyasi aniq emas) hamda Frantishek Kratkiy tomonidan taqdim etilgan bo‘lib, ular 1863 yilgacha yaratilgan buyumlar hisoblanadi.

Ashyolar Naprstek nomidagi muzeyga 1921 yilda keltirilgan bo‘lib, ilgari Zem muzeyining xorijiy etnografiya bo‘limi to‘plami tarkibida bo‘lgan. Yana bir eksponat to‘plami Yulius Zeyer tomonidan taqdim etilgan bo‘lib, ular muzeyning dastlabki faoliyatida ko‘rgazmaga qo‘yilgan eng qadimiy buyumlar hisoblangan. 

Taniqli chex yozuvchisi, dramaturg va shoir Yulius Zeyer ko‘p mamlakatlarga sayohat qilgan va Rossiyadagi ko‘pgina aslzoda oilalarning murabbiyi va hamkori bo‘lgan (1873 va 1880 – 1881 yillar). Yulius Zeyer O‘rta Osiyoga oid to‘plamni uchta ashyo bilan boyitgan. Rossiyadan qaytib kelgach, muzeyga bir juft oyoq kiyimi, hayot so‘ngida esa – Nurota so‘zanasi va joynamoz taqdim qildi.

1883 yilda muzey Rossiyada ishlagan muhandis Emanuel Meyergansdan 24 ta buyum qabul qilib oldi. Bu buyumlar asosan O‘zbekistonning Marg‘ilon shahridan keltirilgan bo‘lib, ular kumush taqinchoqlar, poyabzal va ustki kiyimlar, yozuv qurollari, xatcho‘plar, hamyonlardan iborat edi. Ammo sanab o‘tilgan buyumlarning hammasi ham saqlanib qolmagan. Ularning to‘rttasi 1892 yili E. Meyergansning singlisi Mandrova xonimga qaytarib berilgan, yana to‘rtta buyum XX asrning 60-yillarida to‘plamdan olib tashlangan. Boshqa buyumlarning, ya’ni uch juft poyabzal, ikkita ayollar kiyimi va qog‘oz xatcho‘plarning taqdiri esa noma’lumligicha qolmoqda.

Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" turkumidagi "Chexiya Respublikasi to‘plamlari” kitob-albomida (XVI jild) tanishishingiz mumkin. 

Loyihaning bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.

O‘rta Osiyo to‘plami buyumlari va ularning to‘plovchilari