Naprstek muzeyining oʻzbek kolleksiyasida qanday ashyolar mavjud?

QANDAY QILIB BUTUNJAHON JAMIYATIGA DO‘ST BO‘LISH MUMKIN?

Naprstek muzeyining oʻzbek kolleksiyasida qanday ashyolar mavjud?

Naprstek nomidagi muzeyda O‘rta Osiyo madaniyatiga oid to‘plamlarning bir qismi O‘zbekistonga oid ashyolardan iborat.

Bu to‘plamning deyarli yarmini XIX asrning ikkinchi yarmidan to bugunga qadar yaratilgan amaliy san’at namunalari tashkil etadi. Ularning katta qismi mashhur hunarmandchilik markazlari hisoblangan Buxoro, Samarqand, Farg‘ona vodiysi shaharlari – Qo‘qon, Marg‘ilon va Rishtonda yasalgan. Shuningdek, muzey eksponatlari orasidan Toshkent, Xiva, Shahrisabz va Nurota singari mashhur shaharlarda yaratilgan buyumlar ham o‘rin olgan.

Mazkur to‘plam asosan kundalik turmushda ishlatilgan turli xil amaliy bezak san’ati buyumlarini o‘z ichiga oladi. Ular jumlasiga an’anaviy matolar, kiyim-kechak hamda kashtalarni o‘z ichiga olgan to‘qimachilik mahsulotlari, idish, taqinchoq kabi metalldan yasalgan buyumlar, shuningdek sopol buyumlar va musiqa asboblarini kiritish mumkin. Bu to‘plam shunisi bilan ahamiyatliki, ular XIX asrning ikkinchi yarmidan bugungi kunga qadar O‘rta Osiyoda milliy hunarmandchilik va amaliy san’at yuksak darajada rivoj topganidan dalolat beradi.

Bundan tashqari, mazkur to‘plam hududning badiiy va amaliy rivojlanishini bosqichma-bosqich kuzatish, materiallar va ularga ishlov berish uslublaridagi o‘zgarishlarni aniqlashga imkon yaratadi.

Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" turkumidagi "Chexiya Respublikasi to‘plamlari” kitob-albomida (XVI jild) tanishishingiz mumkin. 

Loyihaning bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.