Navoiy she’rlari Temuriylar shahzodasini qanday qutqargan?

QANDAY QILIB BUTUNJAHON JAMIYATIGA DO‘ST BO‘LISH MUMKIN?

Navoiy she’rlari Temuriylar shahzodasini qanday qutqargan?

Usmoniylar davlatida Alisher Navoiyning mavqei uning hayotlik davridayoq o‘zining haddi a’losiga yetgan edi.

 Unga Usmoniy sultonlar tomonidan sovg‘a-salomlar yuborib turilar edi. Usmoniylarning shoirlari Navoiyning she’rlariga naziralar (muxammaslar) yozib borishgan. Ular orasida usmoniy turk shoiri Ahmad posho mashhur bo‘lib, Navoiyning zamondoshlaridan biri edi. Ahmad posho bir vaqtning o‘zida Mehmet II ning ham ustozi, ham vaziri bo‘lgan, keyinchalik Boyazid II ning Bursa sanjakbeyi (hokimi) bo‘lgan. Aytishlaricha, u karvonlar orqali yetkazib berilgan Navoiyning eng so‘nggi g‘azallarini sabrsizlik bilan kutishga odatlangan.

Navoiyning g‘azallariga nazira (javob) yozish XIX asrgacha usmoniylar shoirlari orasida urfga aylangan, ularning orasida mazkur an’anaga ergashganlarning eng ulug‘i va mashhurlari Nadim va Shayx G‘olib edi. Ularning ba’zilari, masalan, Sayyid Ali Rais, qo‘shimcha ravishda o‘z naziralarini Kotib taxallusi bilan Navoiyga taqlid qilib chig‘atoy tilida yozgan. Navoiyning mashhurligi Hirotning so‘nggi nufuzli hukmdori Sulton Husayn zurriyodi Badiuzzamonning (Navoiy unga bag‘ishlab she’rlar bitgan edi) Istanbulga kelib yashay boshlaganidan keyin yanada oshdi. 1510 yili safaviylar saroyidagi to‘ntarishdan keyin Badiuzzamon mirzoni Shoh Ismoil I ning Tabrizdagi safaviylar saroyiga olib kelishadi.

1514 yili Chaldirandagi hal qiluvchi zafardan keyin usmoniylar tarafdorlari Tabrizni egallaydi, usmoniylar sultoni Salim I temuriylar shahzodasini o‘zining hamsaroylari va Hirot rassomlari bilan birga Istanbulga qaytarib jo‘natadi. Badiuzzamon Mirzo Usmoniylar saroyida 1517 yili vabo kasalligiga chalinib, vafot etguniga qadar yashaydi. Taxminan 1525 yildan boshlab Sulton Salim I boshqaruvi davridagi voqealar «Salimnoma» nomli usmoniylar tarixi tasvirli kitobida qayd qilingan bo‘lib, unda shahzodaning sulton bilan birga o‘tirgan holatdagi rasmi bor, bu Temuriylar shahzodasining usmoniylar saroyidagi imtiyozli mavqeidan dalolat beradi.

Bu haqda batafsil "O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" loyihasi doirasida chop etilgan "Alisher Navoiy asarlarining Istanbul kutubxonalaridagi bezakli qo‘lyozmalari" kitob-albomi (XIX tom)dan o‘qishingiz mumkin. 

Loyiha bosh homiysi – Eriell Group neft xizmatlari kompaniyasi. 

Navoiy she’rlari Temuriylar shahzodasini qanday qutqargan?