АЛИШЕР НАВОИЙ АСАРЛАРИНИНГ ИСТАНБУЛ КУТУБХОНАЛАРИДАГИ БЕЗАКЛИ ҚЎЛЁЗМАЛАРИ

Tavsif

Temuriy hukmdor Sulton Husayn Boyqaro davrida yashab ijod qilgan buyuk shoir, mutafakkir va siyosiy arbob, o‘zbek adabiy tili va adabiyotining asoschisi Alisher Navoiyning (1441-1501) nomi uning o‘zi tug‘ilib o‘sgan joy - Hirotning chegarasidan olislarda ham juda mashhur bo‘lgan. O‘sha davrda Hirot o‘zining yuksak darajadagi sanʼati bilan dovrug‘ qozongan bo‘lib, qo‘shni davlatlar, jumladan, Usmonlilar imperiyasi uchun ham etalon vazifasini o‘tagan. Hirot madaniy muhitining eng ko‘zga ko‘ringan vakili Navoiy juda katta adabiy taʼsirga ega bo‘lgan. Usmonli turk shoirlari uning sheʼrlariga nazira (sheʼriy taqlid)lar yozganlar. Bundan tashqari, Navoiy qo‘lyozmalari o‘sha davrdagi Usmonli turklar ishlab chiqargan qo‘lyozma kitoblari uchun namuna sanalgan. Shoir o‘zidan juda ulkan meros qoldirgan. Hozirgi kunda Istanbul kutubxonalarida Navoiyning ko‘plab illyustratsiyalangan qo‘lyozmalarining nusxalari saqlanmoqda. Ularning har biri silliqlangan, yaltiroq qog‘ozlarga ishlangan, muqovalarining ichki beti ornamental bezaklar va miniatyuralar bilan chiroyli qilib bezatilgan dabdabali qo‘lyozma asarlaridir... Hoshiyasiga oltin suvi sachratilgan sahifalar ham kishini hayratga soladi. Kitob-albomda buyuk o‘zbek shoirining Istanbul kutubxonalarida saqlanayotgan “Xamsa”, “Kulliyot”, “G‘aroyib as-sig‘ar”, “Navodir ash-shahob” va shu kabi boshqa qo‘lyozma asarlari taqdim etilgan.