Chexiya Respublikasi Milliy kutubxonasidagi O‘zbekiston yozma merosi

QANDAY QILIB BUTUNJAHON JAMIYATIGA DO‘ST BO‘LISH MUMKIN?

Chexiya Respublikasi Milliy kutubxonasidagi O‘zbekiston yozma merosi

Pragadagi Chexiya Respublikasi Milliy kutubxonasida O‘zbekiston tarixiga oid yozma manbalar saqlanadi.

Chexiya Respublikasi Milliy kutubxonasidagi O‘zbekiston yozma merosi

Xususan, u yerda Somoniylar sulolasi davrida ijod qilgan, hanafiy mazhabi (islomdagi to‘rt sunniy mazhablardan biri) huquqshunosi Abul Lays Samarqandiyning (944 – 983) qo‘lyozmalari faksimilelarini uchratish mumkin. 

«Bo‘ston al-orifin» («Oriflar bo‘stoni») qo‘lyozmasi 153 bob, 112 varaqdan iborat bo‘lib, 1628 yil bitilganligi qayd etilgan. «Kitob al-Bo‘ston» («Bog‘ kitobi») qo‘lyozmasi 160 bob, 170 varaqdan iborat bo‘lib, 1670 yil sanasi qo‘yilgan. Har ikki qo‘lyozma asosan ilm-fanning ahamiyati, islom huquqlari, mantiq to‘g‘risida bo‘lib, fatvolar bilan odob va axloq, insonlarning ota-onaga, shuningdek, hayvonlarga bo‘lgan munosabatlari haqida hikoya qiladi. Bundan tashqari, ikkinchi qo‘lyozmada Abul Lays Samarqandiy tomonidan to‘plangan hadislar ham jamlangan.

Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" turkumidagi “Chexiya Respublikasi to‘plamlari” kitob-albomida (XVI jild) tanishishingiz mumkin. 

Loyihaning bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.