O‘zbek choyxonasi buyumlari bilan boyigan muzey

Saksoniya Davlat etnografiya to‘plamlari (SES) 2004 yili Leypsig, Drezden va Xernxutdagi uchta etnologiya muzeyining ko‘rgazmalaridan yig‘ilgan.

O‘zbek choyxonasi buyumlari bilan boyigan muzey

Leypsigdagi muzeyning ilk kolleksiyasini to‘plagan madaniyat tarixchisi va kutubxonachi doktor Gustav Klemm (1802 – 1867) butun umr in-soniyat madaniyati tarixi muzeyi haqida orzu qilgandi. Uning keng ko‘lamli to‘plami deyarli 1500 saqlov birligini qamrab olgan. Ashyolardan biri “Buxorodan” deb tavsiflangan bo‘lib, bu – kosaning charm xaltasi edi.
         
Hozirda bor o‘zbek to‘plamining katta qismi leypsiglik rassom Gerd Tilemann tomonidan yig‘ilgan. 1952 – 1957 yillarda Leningraddagi Repin nomidagi institutda grafika sanʼatini o‘rganib yurgan paytida unda Sovet Ittifoqi xalqlari anʼanaviy sanʼatiga qiziqish uyg‘ongan. U to‘plovchi si-fatida kulolchilik namunalari – idishlar va kichik o‘lchovdagi haykaltaroshlikka alohida eʼtibor ber-gan.
        
Choy ichayotgan erkaklar, otliqlar, kashtachi ayollar, kulollar qiyofalarining barchasi, ajdar-holar yoki barcha sevadigan Xo‘ja Nasriddin singari ertaklar va latifalar qahramonlari qatorida uning to‘plami ajralmas qismiga aylangan. 40 yildan ortiq davr davomida u o‘z to‘plamini ilmiy nashrlar bilan qurollangan, har bir safariga puxta tayyorgarlik ko‘rgan holda tizimli shakllantirib borgan. Buning natijasi o‘laroq, uning to‘plamini ham tarixiy teranlik, ham mintaqaviy yaxlitlik nuqtai naz-arlaridan tengsiz desa bo‘ladi.  Poytaxt shaharlar badiiy ko‘rgazmalariga qatnar ekan, ular tugagani-dan so‘ng ko‘rsatib bo‘lingan ashyolarni sotib olardi. Biroq ustalar, hatto eng uzoq qishloqlarda yashasalar ham, ular bilan doimiy aloqada bo‘lish uning uchun ko‘proq ahamiyat kasb etgandi. U ko‘p marta O‘zbekistonga kelib, o‘z to‘plamini aʼlo darajadagi buyumlar bilan to‘ldirib borgan. 

1993 yildan boshlab Leypsig muzeyi bosqichma-bosqich uning butun to‘plamini sotib olgan. Ammo shun-dan keyin ham Gerd Tilemanning badiiy buyumlarni to‘plash ishtiyoqi so‘ngan emas. Grassi binosida 2001 – 2005 yillarda amalga oshirilgan tiklash ishlaridan so‘ng yangi doimiy ko‘rgazma rejalashtiril-gan edi. Ayni zamonda muzey to‘plami asl o‘zbek choyxonasi buyumlari bilan boyigan.

Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" turkumidagi “Germaniya Federativ Respublikasi to‘plamlari” kitob-albomida (XI jild) tanishishingiz mumkin. 

Loyihaning bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.