Ganza savdo guruhi shaharlaridan bo‘lmish Lyubek etnologiya kolleksiyasining Markaziy Osiyo qismi chindan ham ulug‘vordir. U keyinchalik ommaga taqdim etish uchun tizimli va maqsadga muvofiq yig‘ib kelingan juda ko‘p ashyolardan iborat.
Ushbu to‘plam shakllanishidagi asosiy hissa muzey direktori, o‘zining ilmiy safarlari chog‘ida (1903, 1905 va 1909 yillarda) necha bor hozirgi O‘zbekiston, Qozog‘iston va Turkmaniston yerlarida bo‘lgan Rixard Karutsga (1867 – 1945) tegishlidir. Karuts jamlagan va muzeyga sovg‘a qilgan ashyolarning aksariyati o‘zining nihoyatda yuksak sifati bilan ajralib turadi. U yoki bu ashyolarni qo‘lga kiritishga doir tafsilotlar eʼlon qilinganini ham alohida taʼkidlash joiz.
Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" turkumidagi “Germaniya Federativ Respublikasi to‘plamlari” kitob-albomida (XI jild) tanishishingiz mumkin.
Loyihaning bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.
_1.webp)
Lyubek etnologiya muzeyi
1934 yili to‘plam davlat mulkiga aylanib, muzey maqomini olgan.
