Xorazmliklar liboslarida esa bunday tarkibiy qismlar bo‘lmagan. Jengse qizil movutdan tayyorlanib, uzunligi 40 santimetrni tashkil qilgan. Uning ustiga eni 7–8 santimetrli qora movut hoshiyalar tikib chiqilgan. Hoshiyalar kashta bilan bezatilgan. Bunday yengliklar no‘g‘aylar va Volga bo‘yida istiqomat qilgan ayrim xalqlarda ham mavjud edi. Bu qoraqalpoqlar va Sharqiy Yevropa o‘rtasidagi qadimiy etnik hamda madaniy aloqalardan dalolat beradi.
Boshqa o‘zbek milliy liboslari haqidagi ma’lumotlarni “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” turkumidagi “O‘zbekiston muzeylari va xususiy Kolleksiyalari materiallari bo‘yicha an’anaviy o‘zbek liboslari” (XLIX jild, 2-qism) kitob-albomidan olishingiz mumkin.
Loyihaning bosh homiysi Eriell-Group neftservis kompaniyasi.


