Kushonlar sulolasining tarixdagi o'rni

Kushonlar sulolasining tarixdagi o'rni

Kushonlar sulolasi va Gandxara san’ati Kushon podsholigi (milodiy I–III asrlar) gullab-yashnagan davrda hozirgi O‘rta Osiyo janubiy hududlari hamda Afg‘oniston, Pokiston va Shimoliy Hindistonning kattagina qismi unga tegishli bo‘lgan.

Aytishlaricha, katta yuejchilar davlati va keyin Kushon podsholigi asoschilari Baqtriyaga shimoldan kelgan ko‘chmanchi yuejchi qabilalari bo‘lgan. Ilk poytaxt shaharlari va shoh qarorgohlari Xolchayon va Dalvarzintepa kabi shaharlar (hozirgi Surxondaryo viloyati, O‘zbekiston)da bo‘lgan. Miloddan avvalgi I asrda kushonlar Hindukush tog‘lari (Afg‘onistonning markaziy qismi) orqali Shimoli-Gʻarbiy Hindistonga yurish qilganlar. Ular tog‘ tizmasining turli joylaridan Shimoldan Janubga o‘tgan yo‘llardan foydalanish bilan birga bu keng hududda iqtisodiy va madaniy aloqalarni ham mustahkamlaganlar. Bu borada muhim rol o‘ynagan karvon yo‘laklaridan biri Gandxara bo‘lgan.

Gandxara – Katta Hindistonning shimoli-g‘arbidagi viloyat (hozirgi Shimoliy Pokiston) bo‘lib, markazida Peshavar darasi joylashgan. Gandxara O‘rta Osiyo, Hindiston, Eron, shuningdek jug‘rofiy jihatdan olisda joylashgan Xitoy va Rim imperiyasi xalqlari uchun kesishuv nuqtasi bo‘lgani bois, iqtisodiy jihatdan ancha taraqqiy etgan. Kushonlar sulolasi uchun esa bu hudud siyosiy qudratini mustahkamlash uchun yangi tayanch nuqtasi vazifasini o‘tagan.

Gandxara madaniyatida buddizm muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. Budda rohiblari bu hududga ancha ilgari, miloddan avvalgi III asr boshlarida, shoh Ashoki hukmdorligi davrida kirib kelganlar. Kushonlar davrida esa bu din o‘zining eng yorqin davrini boshdan kechirgan. Bu dinning tarafdorlari zodagonlar, o‘rta tabaqaga mansublar, shuningdek, savdogarlar bo‘lishgan.

Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" turkumidagi “Markaziy Osiyo madaniy merosi Yaponiya muzeylarida” kitob-albomida (XX jild) tanishishingiz mumkin.

Loyihaning bosh homiysi Eriell-Group neftservis kompaniyasi.

Kushonlar sulolasining tarixdagi o'rni