Qush timsoli chizilgan likopchalar

Qush timsoli chizilgan likopchalar

Bumiller to‘plami yoki Bamberg universiteti islom sanʼati muzeyi sifatida katta nom qozongan – mo‘g‘ullar davrigacha badiiy birinjlarning mashhur to‘plami ashyolar boyligi va rang-barangligi bo‘yicha tengsizdir.

Qush timsoli chizilgan likopchalar

Mazkur to‘plamda IX asrdan boshlab XIII asr boshlarigacha Xuroson va Movarounnahrda muomalada bo‘lgan birinj va jez buyumlarning barcha turlari o‘ta to‘laqonli ravishda gavdalangandir. 

Bumiller to‘plamida birinj ashyolaridan tashqari sirlangan sopol buyumlar ham bor. Chunonchi, uncha katta bo‘lmagan, oq angobli tagiga sirosti naqsh tushirilgan likopchani O‘zbekiston bilan bog‘lasa bo‘ladi. Unda oltita qush, aftidan kaklik chizilgan. Ulardan biri idishning o‘rtasida, qolganlari aylana bo‘ylab o‘ngdan chapga harakatlanayapti. Bezak och yashil rangda, qushlarning tumshug‘i va oyoqchalari qizil bo‘yoqda ishlangan. Qushlar atrofi chetan va nuqtalar bilan to‘ldirilgan bo‘lib, idishning og‘ziga yarim aylanalardan iborat hoshiya tushirilgan. Ishlanish va usulidagi xususiyatlari bo‘yicha kosani X asr oxiri – XI asr boshlariga hamda samarqandlik kulollar mahsulotiga tegishlidir, deyish mumkin.

Bambergdagi Bumiller to‘plamida saqlanayotgan ashyolarning uncha katta bo‘lmagan termasi O‘zbekiston ustalarining mahsulotlari va ularning O‘ks – Amudaryodan janubda tarqalgani borasida tushuncha beradi.

Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" turkumidagi “Germaniya Federativ Respublikasi to‘plamlari” kitob-albomida (XI jild) tanishishingiz mumkin. 

Loyihaning bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.