An’anaviy qoraqalpoq libosining o‘ziga xosligi

An’anaviy qoraqalpoq libosining o‘ziga xosligi

Qoraqalpoq ayollarining liboslari chiroyliligi va bejirimligi, yorqin ranglari va boy bezaklari bilan erkaklar kiyimidan ajralib turgan.

An’anaviy qoraqalpoq libosining o‘ziga xosligi

Libos qoraqalpoq ayollarining go‘zalligini namoyon etib, erkaklarning kamtarroq kiyimlaridan ayni shu jihati bilan ajralib turishi kerak edi. Ayni paytda liboslar ko‘rkamligi bilan ayollardan e’tiborni chalg‘itib, ularni yomon nazarlardan saqlagan.

Ayollar libosi yoshga doir xususiyatlarni aniq belgilab, qoraqalpoq ayollari hayotidagi eng muhim bosqichlar – qizlik, turmushga chiqish, onalik va qarilikka ma’no jihatidan mos kelgan. Ushbu liboslarda ranglar majmui, bezakli kashtalar naqshlari, bezaklardan tortib, mato va bosh kiyimlarigacha bo‘lgan barcha jihatlar ayollar hayoti tarixi, ularning kelib chiqishi va shajarasi, mashg‘uloti va maqomidan hikoya qiladi.

Boshqa o‘zbek milliy liboslari haqidagi ma’lumotlarni “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” turkumidagi “O‘zbekiston muzeylari va xususiy Kolleksiyalari materiallari bo‘yicha an’anaviy o‘zbek liboslari” (XLIX jild, 2-qism) kitob-albomidan olishingiz mumkin.

Loyihaning bosh homiysi Eriell-Group neftservis kompaniyasi.