Bumiller to‘plamidagi ko‘zgu

Bumiller to‘plami yoki Bamberg universiteti islom sanʼati muzeyi sifatida katta nom qozongan – mo‘g‘ullar davrigacha badiiy birinjlarning mashhur to‘plami ashyolar boyligi va rang-barangligi bo‘yicha tengsizdir.

Bumiller to‘plamidagi ko‘zgu

Mazkur to‘plamda IX asrdan boshlab XIII asr boshlarigacha Xuroson va Movarounnahrda muomalada bo‘lgan birinj va jez buyumlarning barcha turlari o‘ta to‘laqonli ravishda gavdalangandir. 

Bumiller to‘plamidagi bir ajoyib ashyo bu suluvlar qoshlarini bo‘yashlari uchun boqishlari kerak bo‘lgan birinj (yoki jez) ko‘zgudir. Ushbu to‘plamda islomiy ko‘zgularning ilm-fanda maʼlum deyarli barcha turlari, ular orasida esa juda kamyob alohida nusxalari borligini taʼkidlagan bo‘lardik. Ular sirasida eʼlon qilinayotgan va hozircha dunyoda maʼlum uch ko‘zgudan biri ham bor. Uning orqa tomoni murakkab ko‘rinishdagi bo‘rtma bezak bilan yasatilgan bo‘lib, uni quyidagicha tushuntirish mumkin: daraxt tanasi yoki ustunning ikki yonida katta shoxli ikki tog‘ echkisi ko‘rsatilgan. Ularning tepasida o‘simlik novdalari bo‘lib, ularning orasida umumiy ko‘rinishning yuqori qismida hukmdorning yarim oy bilan bezatilgan toj kiygan boshi tushirilgan. Aylana bo‘ylab, aftidan arab alifbosidagi bitik bitilgan. Mazkur ko‘rinishning kelib chiqishi islomgacha bo‘lgan davr tasviriy sanʼatiga oid bo‘lib, uning ayrim unsurlari mintaqada musulmonchilik qaror topgandan keyin ham bir necha asrlar ichida qo‘llanib kelingan. Yana shunga o‘xshash ikki topilmaga qaraganda, Bumiller to‘plamidagi ko‘zgu O‘zbekistonning shimoli-sharqida, balki Toshkent vohasida tayyorlangan bo‘lishi mumkin.

Chamasi, eʼlon qilinayotgan ko‘zguning o‘zgacha tasviri, mohiyatan uning aks ettirish uchun mo‘ljallangan yuzasini geometriyaviy belgilar qatori ko‘rinishidagi naqshlar bilan yasatgan tarzda uning sehrli tumorga aylanishiga sabab bo‘lgan.

Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" turkumidagi “Germaniya Federativ Respublikasi to‘plamlari” kitob-albomida (XI jild) tanishishingiz mumkin. 

Loyihaning bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.