Frаnsiya milliy kutubxonаsidа qаnchа kitob sаqlаnаdi?

Frаnsiya milliy kutubxonаsidа qаnchа kitob sаqlаnаdi?

Mutaxassislarning taʼkidlashicha, XX asrning oxiriga kelib, Fransiya milliy kutubxonasi rivojlanishning yangi bosqichiga qadam qo‘ygan.

Frаnsiya milliy kutubxonаsidа qаnchа kitob sаqlаnаdi?

Rishel’e ko‘chasidagi kutubxonaning eski binosiga kitoblar sig‘may qoladi.

Shu sabab kutubxonani yangi binoga ko‘chirishga to‘g‘ri keladi. Kutubxonaning yangi binosi arxitektor Dominiko Perro loyihasi asosida 1995 yilda Sena daryosi bo‘yida qad rostladi va keyingi yilda ishga tushirildi. Qarama-qarshi fikrlar uyg‘otuvchi ushbu majmua 4 ta 22 qavatli lotincha “L” shaklidagi oynakor osmono‘par binolar majmuidan iborat bo‘lib, ochiq maydon atrofida qad ko‘targan. Аynan mazkur yangi binolarda umumiy soni 12 milliondan ortiq kitoblar, davriy nashrlar va jurnallar saqlanadi. Kutubxonaning qo‘lyozmalar bo‘limi va uning tarixiy o‘quv zali Rishele ko‘chasidagi eski binoda qolgan.

Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” turkumidagi «Movarounnahr bеzakli qo‘lyozmalari Fransiya to‘plamlarida» kitob-albomida (XXIX jild) tanishishingiz mumkin.

Loyihaning bosh homiysi Eriell-Group neftservis kompaniyasi.