“Me’rojnoma”ni kim ko'chirganini bilasizmi?

Meʼroj voqeasi yoritilgan “Meʼrojnoma” asari mumtoz Sharq adabiyotida muhim ahamiyatga ega.

 Ushbu asarga Fransiya qirollarining ham qiziqishi yuqori bo‘lgan.

Mazkur qo‘lyozma qadimgi turk adabiyoti va tamaddunini o‘rganishda nihoyatda muhim hisoblanadi. Bitta jildda ikkita matn, yaʼni «Meʼrojnoma» va uning uyg‘ur yozuvidagi matni hamda Fariduddin Аttorning «Tazkirat ul-avliyo» asarining turkcha tarjimasi jamlangan. Chamasi, har ikki matn 1430—1440 yillar atrofida Haru Malik Baxshi, yaʼni hirotlik Malik Baxshi tomonidan ko‘chirilgan bo‘lib, aftidan, u temuriylar maʼmuriyati turkiy devonining aʼzosi bo‘lgan.

1732 yilda Kolberning vafotidan so‘ng qo‘lyozma Qirollik kutubxonasiga olib kelinadi va hozirgacha Supplément turc 190 raqami ostida saqlanmoqda.

Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” turkumidagi «Movarounnahr bеzakli qo‘lyozmalari Fransiya to‘plamlarida» kitob-albomida (XXIX jild) tanishishingiz mumkin.

Loyihaning bosh homiysi Eriell-Group neftservis kompaniyasi.

“Me’rojnoma”ni kim ko'chirganini bilasizmi?