
Faqat libos ustidan kiyiladigan chopon tor bo‘lib, tikilgan matoga qarab bo‘z chopon, beqasam chopon deb atalgan. Yomg‘irli kunlarda yarim ko‘chmanchi aholi (cho‘ponlar) kebenek – bosh va qo‘llar uchun maxsus o‘yiqli choponsifat kiyim, qishda esa chopon ustidan tuya yoki qo‘y junidan tayyorlangan chakmon kiygan.
Boshqa o‘zbek milliy liboslari haqidagi ma’lumotlarni “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” turkumidagi “O‘zbekiston muzeylari va xususiy Kolleksiyalari materiallari bo‘yicha an’anaviy o‘zbek liboslari” (XLIX jild, 2-qism) kitob-albomidan olishingiz mumkin.
Loyihaning bosh homiysi Eriell-Group neftservis kompaniyasi.