
Tanaga yopishib turadigan ko‘ylaklar, chakmonlar, ishtonlar, cho‘qqidor namat telpaklar shular jumlasidan. Bu liboslar shakli keyingi davrlarda paydo bo‘lgan liboslarda ham saqlanib qoldi. Boysun – Surxondaryoning yirik va mashhur tumani. Uning aholisi tarkibi kelib chiqishi Dashti Qipchoqdan bo‘lgan yarim ko‘chmanchi o‘zbek qo‘ng‘irotlari, yuzlar, tojiklar va turkmanlarni tashkil etadi va tabiiyki, bu liboslarning o‘ziga xosligiga ta’sir ko‘rsatgan.
Boysun ushbu xalqlar san’atining ko‘plab o‘ziga xos xususiyatlarini birlashtirgan holda, O‘zbekistonning boshqa hududlariga nisbatan qadimiy xususiyatlarini uzoq vaqt saqlab qolgan yorqin, bejirim liboslar yaratilishiga yordam bergan.
Boshqa o‘zbek milliy liboslari haqidagi ma’lumotlarni “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” turkumidagi “O‘zbekiston muzeylari va xususiy Kolleksiyalari materiallari bo‘yicha an’anaviy o‘zbek liboslari” (XLIX jild, 2-qism) kitob-albomidan olishingiz mumkin.
Loyihaning bosh homiysi Eriell-Group neftservis kompaniyasi.
