Kiymeshek turmushga chiqqan ayollarning sochlarini berkitishga mo‘ljallangan. Xususan, qoraqalpoq xalq rivoyatlariga ko‘ra, soch orqali ayollarga ziyon-zahmat yetkazish mumkin bo‘lgan ekan. Umuman olganda, libosning ushbu turi yosh ayolga sulolani davom ettirish va uni yovuz kuchlardan himoya qilishga qaratilgan ezgu niyatlarni o‘ziga jo etgan. Kiymeshekni kelinning o‘zi tikishi va gul solib bezatishi shart edi. To‘ydan keyin kiymeshekni imkon qadar uzoq muddat kiyish lozim bo‘lgan.
Boshqa o‘zbek milliy liboslari haqidagi ma’lumotlarni “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” turkumidagi “O‘zbekiston muzeylari va xususiy Kolleksiyalari materiallari bo‘yicha an’anaviy o‘zbek liboslari” (XLIX jild, 2-qism) kitob-albomidan olishingiz mumkin.
Loyihaning bosh homiysi Eriell-Group neftservis kompaniyasi.


