
V asrning oxiri – VII asrning boshlarida mashhur saroy musiqachisi Borbad yashab ijod qilgan (Borbad Marviy, arabcha talqinda Fahlabad, Fahliz). U udsimon musiqiy asbob cholg‘uchisi bo‘lgan va bu soz keyinchalik uning nomi bilan barbat deb atala boshlagan.
U Eron sosoniylarining so‘nggi hukmdorlaridan biri – Xusrav Parvez saroyida ijod qilgan. Eron, Xuroson, O‘rta Osiyo musiqa madaniyati tarixida Borbadning xizmatlari, kuy va parda materiallarini yaratish, tizimlashtirish va qoidalashtirish bilan bog‘lanadi. Ushbu islohotchi bastakorning nomi o‘tmish va hozirgi davr Sharq (xususan, fors) adabiyotida, tarixiy manbalarda, musiqaga oid risolalarda ko‘p bor zikr etilgan. Borbadning ramziy obrazini turli rangtasvir maktablarida, jumladan, Firdavsiyning «Shohnoma», Nizomiy va Dehlaviyning «Xusrav va Shirin» dostonlariga ishlangan miniatyuralarda uchratish mumkin.
Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" turkumidagi "O‘zbekiston musiqiy merosi Rossiya Federatsiyasi to‘plamlarida" kitob-albomida (VI jild) tanishishingiz mumkin.
Loyiha bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.