Kamoliddin Behzodning XV-XVI asrlarda miniatyuralar maktabiga ta’siri

Kamoliddin Behzodning XV-XVI asrlarda miniatyuralar maktabiga ta’siri

XV asr oxirida Kamoliddin Behzod Yaqin Sharq miniatyuralarida portret san’atini rivojlantirishga kuchli turtki berdi.

Kamoliddin Behzodning XV-XVI asrlarda miniatyuralar maktabiga ta’siri

XVI asrda miniatyuralarda yosh yigit-qizlarning ideallashtirilgan, shoirona, ba’zan biron real shaxsga taqlidan ishlangan tasvirlari keng tarqaldi.

Xoja Kirmoniyning «Gul va Navro‘z» qo‘lyozmasi (inv. № 2112/1) boshlanishidagi miniatyura XVI asrning ikkinchi yarmiga oid bo‘lib, unda naqshli gullar bilan bezatilgan ravoq ostida yosh yigit tasvirlangan. Yorqin kashtali kiyim kiygan, jingalak sochlari chakkasiga tushgan, ayollarga xos mayin yuzli, chiroyli erkak – sharq she’riyatining ideal qahramoni. U yuqori tabaqaga xos aysh-ishrat va kayf-safo timsoli sanaladi. U ko‘pincha qo‘lida yoki yelkasida ov qushi – lochin bilan tasvirlanadi. 

Ma’lumki, lochin ovi o‘rta asr asilzodalarining eng sevimli mashg‘uloti bo‘lgan. U paytda lochin tutgan yigitning surati juda mashhur bo‘lgan – masalan, Bodli kutubxonasida saqlanayotgan, rassom Kamol Tabriziy qalamiga mansub miniatyurani olish mumkin. Gullar bilan bezatilgan ravoq ostida o‘tirgan yoki turgan ko‘rkam yigit suratlari Buxoro maktabining alohida miniatyuralarida ko‘p uchraydi. Ulardan birining orqa tomonida Buxoroda, Shayboniylar saroyida ishlagan hirotlik mashhur xattot Mir Ali nomi yozilgan. 

Qadimiy qo‘lyozmalar haqida “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” turkumidagi (XXV jild), “O‘zbekiston respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti to‘plami” (beshinchi qism, “Miniatyura va xattotlik”)da batafsil ma’lumot olishingiz mumkin.

Loyihaning bosh homiysi Eriell-Group neftservis kompaniyasi.