
Sulton Muhammad Xandon (o‘ziga xos xulq-atvori sababli «xushchaqchaq yigit» laqabini olgan) mashhur xattot Sulton Ali Mashhadiyning beshta eng yaxshi talabalaridan biri sifatida tilga olingan, u Qozi Ahmadning so‘zlariga ko‘ra, o‘z davri va zamonining taniqli ijodkoriga aylangan. Xandon Hirotda dafn etilganligi ma’lum, lekin olimlar uning vafoti sanasi borasida aniq to‘xtamga kelishmagan; turli manbalarda 1509, 1525 yoki hatto 1543 yilda deb ko‘rsatilgan.
Shu bilan birga mazkur qo‘lyozmada uning o‘limi sanasi sifatida yuqorida keltirilganlardan ham keyingi sana – 1551 yil belgilab berilgan. Uzoq yillardan beri rassom bilan tanish bo‘lgan Alisher Navoiy (1441 – 1501) bergan ma’lumotlarga ko‘ra, «Devon» ko‘chirilayotgan paytda u keksa yoshga yaqinlashgan edi.
Qo‘lyozma Hirotda yaratilgani shubhasiz, lekin miniatyuralar o‘sha yerda yaratilganmikan? Yuqorida aytib o‘tilganidek, miniatyura san’ati XVI asrda Hirotda tanazzulga uchradi. Miniatyuralar Xandonning o‘limidan so‘ng boshqa madaniyat mar kazida, ehtimol Samarqand yoki Buxoroda qo‘lyozmada qoldirilgan bo‘sh varaqlarga chizilgan bo‘lishi mumkin. Bu namunadagi uchta miniatyuraning bir nechta o‘ziga xos xususiyatlari mavjud: Institutdan olingan Anvori Suhayliy (yuqorini qarang), Navoiyning 1523 yildagi «Xamsa»si, Sankt-Peterburg Milliy kutubxonasi va Movarounnahr siklini tashkil etuvchi bir qator miniatyuralar nusxalaridagi peyzajlarni eslatuvchi o‘xshash ixcham tasvirlar; XVI asrning ikkinchi yarmidagi Buxoro miniatyura uslubiga xos bo‘lgan ulkan personajlar (bu yerda bir yoki ikki ulkan shakllar, ba’zan boshqa personajlar orasidan ham) qo‘lyozmani butkul egallaydi.

Ikkita miniatyuradagi farishtalar («Me’roj», «Chol va farishta») kolofonida kotib Shoh Muhammad O‘zbek tilga olingan, «Al-Kashshof» (Kashf etuvchi)ning Buxoro nusxasidagi (Hindiston ofis kutubxonasi) farishtalarga o‘xshaydi. Landshaftning bir qancha yirik personajlar bilan talqin qilinishi xattot Odina al-Buxoriy tomonidan 1600 yilda Samarqandda nusxasi ko‘chirilgan «Shohnoma»ning rasmlariga monand. Ammo «Devon»dagi miniatyuralarda chizilgan mayda tasvirlar Hirotdagi Temuriylar maktabi an’analari bilan bog‘liq aloqalarni tasdiqlaydi.
XVI asrning ikkinchi yarmida rasmlarda (ehtimol Eronning muayyan ta’siri ostida) yolg‘iz odam yoki juftlikning (asilzoda yigit va xizmatkor yoki sevishganlar – Buxoro miniatyurachisi Abdulloh afzal ko‘rgan holat) ko‘rinishi O‘rta Osiyo miniatyuralariga xos bo‘lib qoldi.
Qadimiy qo‘lyozmalar haqida “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” turkumidagi (XXV jild), “O‘zbekiston respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti to‘plami” (beshinchi qism, “Miniatyura va xattotlik”)da batafsil ma’lumot olishingiz mumkin.
Loyihaning bosh homiysi Eriell-Group neftservis kompaniyasi.