Qadimda Markaziy Osiyo musiqa madaniyatining shakllanishida tashqi ta’sirlarning o‘rni

Qadimda Markaziy Osiyo musiqa madaniyatining shakllanishida tashqi ta’sirlarning o‘rni

O‘zbekiston hududidan topilgan suyakdan yasalgan naylar bronza davriga tegishlidir (o‘zbek arxeologlari tomonidan e’lon qilingan).

Qadimda Markaziy Osiyo musiqa madaniyatining shakllanishida tashqi ta’sirlarning o‘rni

Eng qadimiy topilmalardan biri burchak shaklidagi arfa chalayotgan musiqachi va uning zodagon tinglovchisi tasvirlangan sopol ko‘za bo‘lib, u Xorazm viloyati hududida joylashgan madaniy-tarixiy (eramizdan avvalgi IV – III asrlar) Qo‘yqirilganqal’a shaharchasidan topilgan. Qadimgi davrga oid topilmalar o‘tmishda cholg‘u asboblari asosan puflab chalinadigan, torli va zarbli guruhlarga bo‘linganini ko‘rsatadi.

Musiqaning alohida shakllari va ayniqsa, O‘rta Osiyo cholg‘uchiligida to‘liq Old Osiyo va yunon madaniyati ta’siri o‘z izlarini qoldirgan. Ahamoniylar hukmdori Kir tomonidan O‘rta Osiyoning ishg‘ol qilinishi (eramizdan avvalgi 539 yil) mazkur hudud janubiy qismining ikki asr davomida ushbu sulola hukmronligi qo‘l ostiga tortilishiga yo‘l ochgan. Harbiy maqsadlarda ishlatiladigan ayrim cholg‘ular – metalldan ishlangan ogoh etuvchi naylar (karnay) va zarbli cholg‘ularning kelib chiqishi, aftidan, shu zamonga borib taqaladi. Abu Nasr Forobiy o‘zining «Musiqa haqidagi katta kitob» asarida qadimgi fors shohlari harbiy yurishlar chog‘ida karnaylardan foydalanganlarini yozgan. Torli cholg‘ulardan Vatanimiz hududlariga Old Osiyodan burchak shaklidagi arfa kirib kelgani ma’lum. Bunday ko‘rinishdagi sozlar tasviri tushirilgan artefaktlar O‘rta Osiyo arxeologiya ob’yektlarida uchraydi.

Iskandar Maqduniy yurishlari natijasida, (eramizdan avvalgi 330 yildan boshlab) O‘rta Osiyoga yunon cholg‘ulari kirib kelgan. O‘rtaOsiyo tasviriy materiallarida kifara, lira, avlos, ko‘p o‘zakli fleyta (Pan fleytasi, sirinks), salpinga singari yunon asboblarini uchratish mumkin.

Hozirgi Tojikiston hududidagi Taxti Sangin shaharchasida, Oks ibodatxonasi (eramizdan avvalgi IV – III asrlar)da olib borilgan qazishmalarda yunon fleytasi (avlos)ning kattagina to‘plamining (qirqqa yaqin) bo‘laklari topilgan. Yunon musiqa asboblari o‘zbek va tojik xalqlari an’anaviy musiqasida saqlanib qolmagach, ular o‘ziga o‘xshash an’anaviy asboblar (masalan, juft alvos yoki qo‘shnay)ga «aylanib» ketgan bo‘lishi mumkin. Yunon va mahalliy musiqa madaniyatining o‘zaro aloqadorligi hali to‘liq o‘rganilmagani bilan, yunon musiqasi aynan yunonlar o‘rnashgan hududlargagina tarqalgan bo‘lishi mumkin, degan taxminni keltirib chiqaradi. Boshqa madaniy muhitda yunon musiqasi o‘zidan-da kuchliroq musiqiy madaniyat bilan to‘qnashgan va uning ta’siriga tushib qolgan. Ushbu o‘zaro ta’sir negizida musiqa san’atining yangi aralash shakllari yuzaga kelgan bo‘lishi mumkin.

Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" turkumidagi "O‘zbekiston musiqiy merosi Rossiya Federatsiyasi to‘plamlarida" kitob-albomida (VI jild) tanishishingiz mumkin.

Loyiha bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.