
Muzeyning keyingi zali ilk o‘rta asrlarga bag‘ishlangan (V – VIII asrlar). Bu yerda Quva shahridagi (Farg‘ona viloyati) Budda butxonasidan topilgan loydan yasalgan ikkita haykal va Varaxshadagi Buxoro hukmdorlari – buxorxudotlar saroyidagi «Qizil zalning» serhasham devoriy naqsh manzaralaridan biri namoyish qilingan.
1950 yillar oxiri – 1960 yillar o‘rtalarida Quva shahri chekkasida VII asrga borib taqaladigan ibodatxona qoldiqlari qazib chiqarilgan. Ishlar V. A. Bulatova boshchiligidagi Tarix va arxeologiya instituti guruhi tomonidan Ya. G. Gʻulomovning ilmiy rahbarligi ostida amalga oshirilgan.
Qazish ishlari muallifi shartli ravishda «ibodatxona» deb nomlagan to‘rtburchak shakldagi zal (11,90 × 11,20 m) hamda asosiy nashrda butxona deb nomlangan to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi hovli (21 × 14 m) qoldiqlarini aniqlashga muyassar bo‘ldi.
«Ibodatxona» va «butxona» yonma-yon joylashgan bo‘lib, janubi-sharqqa yo‘naltirilgan umumiy fasad bilan birlashgan. Ikkala xona va fasad rang-barang qilib bo‘yalgan loydan yasalgan haykal hamda devoriy suratlar bilan bezatilgan. Xonalarda haykallar devor bo‘ylab maxsus tokchalar va to‘rtburchak platformalarda joylashtirilgan. Fasad old tomonida ayvon bo‘lib, uning bostirmasi kirish qismidagi devoriy surat hamda chavandozlarning loydan yasalgan haykallarini o‘z ichiga olgan chiroyli va haykaltaroshlik namunalarini himoya qilish uchun xizmat qiladi. Ibodatxonaning old tomonida keng hovli bo‘lib, unga janubi-sharqda joylashgan butxona majmuasining kirish qismi orqali kirish mumkin edi.
Ushbu konstruksiya uch qismli bo‘ylama-o‘qli kompozisiya deb ataladi. Unga analog sifatida birinchi Akbeshim Budda butxonasini (Qirg‘iziston) keltirish mumkin. Ehtimol arab sarkardasi Qutayba ibn Muslimning 713 yilda Farg‘ona va Shoshga yurishi vaqtida butxona vayron qilingan va yoqib yuborilganligiga qaramay u yerda topilgan haykal Quvada budda ta’limoti qoidalariga muvofiq rang-barang haykaltaroshlik va rassomlik san’ati asarlari bilan hashamdor qilib bezatilgan budda butxonasi ishlab turganini aniq belgilashga imkon berdi.
Bu haqda “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” turkumidagi “O‘zbekiston Davlat san’at muzeyi to‘plami” (XIII jild) kitob-albomidan batafsil ma’lumot olishingiz mumkin.
Loyihaning bosh homiysi Eriell-Group neftservis kompaniyasi.