Antik davr va ilk o‘rta asr tasviriy san’atining monumental shakllari (I qism)

Antik davr va ilk o‘rta asr tasviriy san’atining monumental shakllari (I qism)

O‘zbekiston Davlat San’at muzeyining asl boyliklari jumlasiga uchta zal hamda muzey zaxiralarida joylashgan qadimgi va o‘rta asrlar davri san’ati asarlari kiradi.

Antik davr va ilk o‘rta asr tasviriy san’atining monumental shakllari (I qism)

Ushbu kolleksiya 1930 yillardayoq turli manbalardan kelib tushgan namunalar asosida shakllanishni boshlagan. Masalan, Gandxara usulidagi tasvir tushirilgan tosh barelyefi mashhur olim va sayohatchi D. D. Bukinich tomonidan Bagrom (Afg‘oniston)dan olib kelingan edi. Ob’yektlar Sharqiy Turkistondan ham kelib tushgan.

Biroq muntazam ravishda qadimgi va o‘rta asr artefaktlari kolleksiyasi O‘zbekiston Respublikasi hududidagi arxeologik tadqiqotlar tufayli to‘lib borgan. 

Ushbu topilmalar antik va ilk o‘rta asrlar davridagi tasviriy san’at monumental shakllarining yuqori darajasidan dalolat beradi, IX – XVI asr sopol va me’moriy naqshlar haqida, shuningdek, ayrim tanga topilmalari haqida taassurot beradi. Ko‘p yillar davomida kolleksiyani shakllantirish bilan arxeolog D. G. Zilper shug‘ullangan.

Antik va ilk o‘rta asrlar davri san’ati asarlari uchta tarixiy-madaniy hudud — Baqtriya, Farg‘ona va Buxoro Sug‘di namunalari bilan ifodalangan.

Bu haqda “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” turkumidagi “O‘zbekiston Davlat san’at muzeyi to‘plami” (XIII jild) kitob-albomidan batafsil ma’lumot olishingiz mumkin.

Loyihaning bosh homiysi Eriell-Group neftservis kompaniyasi.

 

Antik davr va ilk o‘rta asr tasviriy san’atining monumental shakllari (I qism)