Qoraqalpoq charm mahsulotlari

Qoraqalpoq charm mahsulotlari

Qoraqalpoq charm mahsulotlaridagi naqshli bezaklar ham, bir tomondan o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lsa-da, boshqa tomondan kigiz buyumlari, gilamlar, kashtalar hamda boshqa materiallardagi naqshlarni o‘zida ko‘proq aks ettiradi.

Amerikalik tadqiqotchi Adam Albion kolleksiyasidagi otning ustiga to‘shaladigan, ustiga teri qoplanib, qirralari bo‘ylab handasaviy va zoomorf mazmunli naqshlar bilan bezatilib, so‘ngra rangli ipak iplar bilan zeb berilgan, kigizdan tikilgan, to‘qim tagiga solinadigan ikkita namat-ayil matosi – jipek jona ham alohida eʼtiborga molikdir. Ushbu barcha bezaklar egar osti namatini yana-da ko‘rkam qilishga mo‘ljallangan. Ularning hoshiyalariga qo‘shimcha ravishda eshilgan, rangli ipak iplardan shokilalar ham tikilgan.
          
Amerikalik tadqiqotchi Adam Albion kolleksiyasidan etikshi deb ataluvchi, poyabzal ishlab chiqaruvchilari tomonidan charmdan ishlangan bir nechta juft qoraqalpoq oyoq kiyimlari ham o‘rin olgan. Ular aq pushta nomli – o‘tkir uchlari ustida dumaloq boshli qayrilma berilgan erkaklarning poshnali etiklari va geuish deb atalgan, qisir sigirning qattiq terisidan tayyorlangan, baland poshnali, Yevropa ayollar poyabzallari uslubini eslatuvchi ayollar kavushidan iborat.

Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" turkumidagi “AQSH va Kanada xususiy to‘plamlari” kitob-albomida (XXXI jild) tanishishingiz mumkin.

Loyihaning bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.

Qoraqalpoq charm mahsulotlari