"Yusuf va Zulayho" dostonining mashhur nusxasi Britaniya muzeyida

"Yusuf va Zulayho" dostonining mashhur nusxasi Britaniya muzeyida

Eshmol nomidagi muzey (yoki Ashmol muzeyi) Buyuk Britaniyaning Oksford universiteti qoshidagi san’at va arxeologiya muzeyi hisoblanadi.

"Yusuf va Zulayho" dostonining mashhur nusxasi Britaniya muzeyida

2012 va 2014 yillarda Kristofer Gandi va  Saymon Krosbidan qabul qilib olingan muhim hadyalar ham Eshmol muzeyining  o‘zbek kolleksiyalarini yanada boyitish uchun xizmat qildi. Ushbu hadyalar orasida  hijriy 964/1557–1558 milodiy yilda Buxoroda nusxa ko‘chirilgan Jomiy qalamiga  mansub «Yusuf va Zulayho» dostonining mashhur va hozirda keng tarqalgan qo‘lyozma nusxasining illyustratsiyalangan sahifasi va bir guruh turkman gilamlari  mavjud bo‘lib, ularning ba’zilari Sulton ibn Abdul Aziz al-Saudning Islomiy Yaqin Sharq galereyasida ham namoyish etilgan.

Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" turkumidagi “O'zbekiston madaniy merosi Buyuk Britaniya to'plamlarida" kitob-albomida (XLVI jild) tanishishingiz mumkin.

Loyihaning bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.