Nihoyatda go'zal o‘zbek etnografik materiallari

Nihoyatda go'zal o‘zbek etnografik materiallari

Britaniya muzeyi kolleksiyalaridagi o‘zbek etnografik materiallari o‘zining xilma-xilligi va geografik xususiyatlari jihatidan juda ham serqirra bo‘lib, ko‘chmanchi va o‘troq qishloq aholisining badiiy hunarmandchilik buyumlarini hamda shahar sharoitida yaratilgan turli eksponatlarni o‘z ichiga oladi.

Mutasaddilar fondlardagi bo‘shliqlarni to‘ldirib, o‘zbek amaliy san’ati va hunarmandchiligi tarixi haqida ma’lumot berdilar, ushbu to‘plamning dolzarbligi va jozibasini ta’minlagan holda materiallarni to‘plashni davom ettirdilar. Shunday qilib, 2014 yilda Muzey kimoshdi savdosi orqali Samarqand va Buxorodan o‘zbek liboslari namunalari va to‘qimachilik mahsulotlarini, xususan, ilgari shaxsiy kolleksiyaga kiritilgan mahsulotlarni sotib olishga muvaffaq bo‘ldi. 

Ular orasida ayollarning kokilyopgichli bosh kiyimlari, to‘y tillaqoshlari va zardo‘zi kashta bilan bezatilgan Buxoroning baxmal namoyonlari bor. Ushbu sotib olingan mahsulotlar orasida kolleksiyadagi bo‘shliqlarni to‘ldirgan erkaklar va ayollarning earbof to‘nlari alohida qiziqish uyg‘otadi. Ular orasidagi yashil, to‘q sariq va pushti ranglar uyg‘unligida metall iplar bilan alohida bezak berilgan og‘irgina zarbof to‘nlar nihoyatda chiroyli ko‘rinadi.

Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" turkumidagi “O'zbekiston madaniy merosi Buyuk Britaniya to'plamlarida" kitob-albomida (XLVI jild) tanishishingiz mumkin.

Loyihaning bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.
 

Nihoyatda go'zal o‘zbek etnografik materiallari
Nihoyatda go'zal o‘zbek etnografik materiallari
Nihoyatda go'zal o‘zbek etnografik materiallari