Barg-gulli naqshlar tushirilgan ipak so‘zana

Barg-gulli naqshlar tushirilgan ipak so‘zana

Reysbordlar kolleksiyasida asosi bo‘yalmagan paxta matosidan bo‘lgan va ustiga yorqin, ifodali barg-gulli naqshlar tushirilgan ipak so‘zanalar bor.

Ular orasida biz Buxoro sanʼatining ajoyib namunasini ham ko‘rishimiz mumkin. Atrofi xuddi shunday naqshli, chirmashgan tok novdalari tasviridagi, enli hoshiya bilan o‘ralib, to‘rsimon kompozitsiyaga birlashgan aylana gulli naqshlar ushbu markazning o‘ziga xos kashtado‘zlik uslubi sanaladi. Bu kashtada ishlatilgan zanjirsimon choklar katta bigiz (yoki darush) yordamida tikib chiqilgan.

Kichikroq bezakli to‘rvaxalta ilgich zanjirsimon chok, qiya ilmoqli va ikki yoqlama zanjirli tikuvlarni qo‘llash orqali bitta mahsulot uchun bir nechta turdagi tikish turlaridan foydalanilgan noyob namuna sanaladi. Ipak iplar bilan ishlangan kashtalarda qizil, sariq, yashil, ko‘k va oq gulbarglarning to‘pbarggulli bezaklardan ustunligi hisobiga bezaklarida handasaviy yechim topilgan. Ilgichning chetlari alohida to‘qilgan, maxsus jiyak bilan tikib chiqilgan. Ikkita yuqori burchagiga odatda choponlarning yoqasiga tikiladigan chirozlar qo‘yilgan. Ularga qarab, to‘rvaxalta xona ichki qismining qayerida va qanday holda ilinganini aniqlash mumkin bo‘lgan.

Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" turkumidagi “AQSH va Kanada xususiy to‘plamlari” kitob-albomida (XXXI jild) tanishishingiz mumkin.

Loyihaning bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.

Barg-gulli naqshlar tushirilgan ipak so‘zana
Barg-gulli naqshlar tushirilgan ipak so‘zana