O‘rta Osiyo hukmdorlarining portretlari kolleksiyasi

O‘rta Osiyo hukmdorlarining portretlari kolleksiyasi

Hozirgi kunda Britaniya muzeyi kolleksiyasida saqlanayotgan Markaziy Osiyo miniatyuralaridan iborat yana bir albom ham ilgari Britaniya kutubxonasiga tegishli bo‘lgan.

Unda bir necha o‘zbek hukmdorlarining, jumladan Abdullaxonning portretlari va Markaziy Osiyo rassomlarining, misol uchun Muhammad Nodir as-Samarqandiyning chizgan illyustratsiyalari saqlanadi. Quyida keltirilgan tasvirlar Britaniya muzeyida saqlanayotgan Markaziy Osiyo merosini birmuncha yorqin tarzda namoyish etadi. Britaniya muzeyida o‘zbek hukmdorlari tasvirlangan albom portretlarining butun bir turkumi saqlanadi. Tasavvur qilyapsizmi, bu suratlar ehtimol ularning hayotlik davrida o‘zlariga qarab chizilgan «tarixiy» suratlardir! 

Ular orasida Amir Temur (1336–1405), imperator Bobur (1483–1530), Abdullaxon IIning (1533/1534–1598), hamda boshqa hukmdorlarning keyinroq Hindistonda chizilgan portretlari bor.

Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" turkumidagi “O'zbekiston madaniy merosi Buyuk Britaniya to'plamlarida" kitob-albomida (XLVI jild) tanishishingiz mumkin.

Loyihaning bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.