Qutbiddin ash-Sheroziyning «Durrat al-toj li-g‘urrat ad-Diboj» asari qayerda saqlanadi?

Qutbiddin ash-Sheroziyning «Durrat al-toj li-g‘urrat ad-Diboj» asari qayerda saqlanadi?

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti 1943 yil O‘zbek davlat ommaviy kutubxonasining (hozirgi Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi) Sharq bo‘limi asosida tashkil etilgan.

Unga 1957 yilda o‘rta asrlarning buyuk qomusiy olimi Abu Rayhon Beruniy (973 – 1048) nomi berildi. Hozirgi paytda mazkur xazinada bir necha jamg‘armalar bor.

Muayyan bir mavzuga doir asarlar barobarida tor (bir soha ichida) va keng doiradagi (ko‘p sohalarga tegishli) masalalarni qamrab olgan tabiiy-ilmiy mazmundagi ENSIKLOPEDIYALAR ham yaratilgan. Misol sifatida Faxriddin ar-Roziyning «Jomiʼ al-ulum» (Ilmlar yig‘indisi) asarini keltirish mumkin. Bu asar matematika, astronomiya, astrologiya, kimyo, mineralogiya va boshqa fanlar bo‘yicha maʼlumotlarni jamlagan ensiklopediya bo‘lib, xorazmshoh Alouddin Muhammadga (1200 – 1220) bag‘ishlangan; uning XVIII – XIX asrlarda ko‘chirilgan 3 ta nusxasi hamda muallifning o‘zi tomonidan kengaytirilgan tahririning 2 ta qo‘lyozmasi saqlanadi.

Qutbiddin ash-Sheroziyning «Durrat al-toj li-g‘urrat ad-Diboj» (Dibojni bezovchi toj duri) nomli asarining muallif hayotligi davrida – 1309 yilda bezatib ko‘chirilgan nusxasi fondning nodir qo‘lyozmalari qatoridan joy olgan. Nasiriddin at-Tusiyning Marog‘a rasadxonasida ishlagan Najmiddin Ali al-Qazviniyning (vaf. 1276) arab tilidagi «Hikmat al-ayn» (Manba hikmati) nomli falsafiy ensiklopediyasi Sharq mamlakatlarida juda mashhur bo‘lgan, chunonchi, Institut fondida uning 40 dan ortiq nusxalari mavjud bo‘lib, ularning orasida xattotlik mahorati bilan ko‘chirilgan, unvonlar bilan bezatilganlari ham bor.

Mavzu doirasida batafsil: “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” turkumidagi “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti to’plami” kitob-albomida (XXII jild) (2-qismda) tanishishingiz mumkin. 

Loyihaning bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.