ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ФАНЛАР АКАДЕМИЯСИ АБУ РАЙҲОН БЕРУНИЙ НОМИДАГИ ШАРҚШУНОСЛИК ИНСТИТУТИ ТЎПЛАМИ (2-ҚИСМ)
Tavsif
ANIQ VA TABIIY FANLAR
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti qo‘lyozmalar fondiga bag‘ishlangan 22-jild (2-qism)ga aniq va tabiiy fanlar bilan bog‘liq bo‘lgan, fors, tojik, arab va turkiy tillarida yozilgan asarlar kiritilgan. Ular orasida Mirzo Ulug‘bekning jahonga mashhur “Ziji jadidi Ko‘ragoniy” (Ko‘ragonning yangi astronomik jadvallari) asari, arifmetikaga oid risolalar, geografiya va tibbiyotga oid illyustratsiyalar bilan bezatilgan asarlar mavjud bo‘lib, ular nafaqat ilmiy nuqtai nazardan, balki miniatyura sanʼati haqidagi tasavvurlarimizni ham kengaytirishi bilan qiziqarlidir. Eng muhim qo‘lyozmalar orasida shuningdek, buyuk qomusiy olim Abu Ali ibn Sinoning (Avitsenna) uchta yirik asari ham bor. Albomga boshqa asarlar qatorida veterinariya, ovchilik, alkimyo, mineralogiya bo‘yicha miniatyuralar bilan illyustratsiyalangan asarlar ham kiritilgan. 2000-yilda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutining qo‘lyozmalar fondi dunyodagi eng boy qo‘lyozmalar xazinalaridan biri sifatida YUNESKOning “Jahon xotirasi” reyestriga kiritilgan.