Husayn Boyqaro bilan Alishеr Navoiy rasmi qaysi illustratsiyada tasvirlangan?

Husayn Boyqaro bilan Alishеr Navoiy rasmi qaysi illustratsiyada tasvirlangan?

«Alisher Navoiy asarlari XV—XVI asrlar kitobat san’ati durdonalarida» nomli albomda qator illustratsiyalar, jumladan, «Shoh G‘oziy va kampir shariat qozisi oldida» miniatyurasi chop etilgan.

Uning tepa burchagiga 928 / 1521—1522 yillar sanasi va buyurtmachi nomi Abdul Muzaffar Sulton-Muhammad tarzida yozilgan. O.I.Galerkina Muzaffariddin Muhammad (Keldimuhammad, 1480—1532), shubhasiz, Mirzo Ulug‘bek qizining nabirasi va Shayboniyxonning amakivachchasi shayboniy Abulxayrxonning nabirasi, Toshkent xoni Suyunchxo‘jaxonning o‘g‘li va vorisi bo‘lganligini ta’kidlaydi. 

1517 yildan 1525 yilgacha Shohruhiyada yashagan, keyinchalik Toshkentda hokimlik qilgan Keldimuhammad bu miniatyurada qozi gilami ustida o‘tirgan holatda tasvirlangan. Bu illustratsiyada ikkita tarixiy portret aks etgan, degan xulosaga kelish mumkin. Qozi ikonografik belgilarga ko‘ra ifodalangan, shoh G‘oziy timsolida temuriylar sulolasining so‘nggi namoyandalaridan biri bo‘lmish sulton Husayn Boyqaro aks ettirilgan, qozining orqasida tik turgan holda esa davlat arbobi va buyuk shoir Alisher Navoiy tasvirlangan. Ularning ikonografiyasi hirotlik mashhur musavvir Kamoliddin Behzod ishlari orqali olamga mashhur bo‘lgan.

Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” turkumidagi «XV–XVII asrlar Movarounnahr kitobat san'ati» kitob-albomida (XVII jild) tanishishingiz mumkin.

Loyiha bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.

Husayn Boyqaro bilan Alishеr Navoiy rasmi qaysi illustratsiyada tasvirlangan?