Alisherning oilasi doimiy ravishda Temuriylar saroyining xizmatida bo‘lib kelishgan. 876/1472-yili Sulton Husayn uni devoni aʼloning amiri yoki begi (mansabi imorat) lavozimiga tayinlagan paytda Alisher Mir unvoniga ega bo‘ladi. Biroq 892/1487-yilda Alisher Navoiy o‘zi egallab turgan lavozimlardan, xususan Astrobod hokimi kabi mansablar qatori o‘z amirlik vazifasidan ham voz kechadi, vaholanki, mazkur mansab nomi unda umrining oxirigacha saqlanib qoladi.
Alisher Navoiy bolalik davridan boshlab Sulton Husayn xizmatida bo‘lib, ko‘plab holatlarda unga sodiqligini isbotlab keladi. Natijada davlatning barcha asosiy vazifalari unga ishonib topshiriladi, shu tariqa unga "muqarribi hazrati sultoniy" (yaʼni sultonning ishongani) degan sharafli nom beriladi. Hatto amirlikdan voz kechgandan keyin ham u saroyning eng hurmatli va sevimli kishisi bo‘lib qolaveradi. Manbalar uning katta boylikka ega eganligiga ishora qiladiki, mazkur boylik hamda sanʼatdagi o‘z ulushi unga Sulton Husaynning Hirotdagi saroyining madaniy hayotiga keng va har tomonlama homiylik qila olishiga imkon yaratadi.
Bu haqda batafsil "O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" loyihasi doirasida chop etilgan "Alisher Navoiy asarlarining Istanbul kutubxonalaridagi bezakli qo‘lyozmalari" kitob-albomi (XIX tom)dan o‘qishingiz mumkin.
Loyiha bosh homiysi – Eriell Group neft xizmatlari kompaniyasi.