Kitobga yashirilgan jang sirlari

Kitobga yashirilgan jang sirlari

Tilshunoslik nuqtai nazaridan «Amir Temur tarixi» Chexiyada og‘zaki va yozma adabiyot rivojining tarixiy bosqichi mumtoz namunasi hisoblanadi.

Kitobga yashirilgan jang sirlari

Kitobda Amir Temurning ko‘pmillatli armiyasi tarkibi, o‘ziga xos kiyim-boshlari va qurollari, Anqara daryosi bo‘yidagi tarixiy jang maydoni tomon bosib o‘tgan yo‘li, buning natijasida keyinchalik u o‘zining davlatiga yangi hududlarni qo‘shib olganligi haqida batafsil ma’lumot berilgan. Ikkala qo‘shin ham Stella tog‘idagi tekislikda uchrashgan. Bu yerda, letoshislik Maser yon-atrofni va qo‘shinlarning joylashishini, ularning miqdorini rang-barang qilib tasvirlab bergan hamda ikki qo‘mondonning kayfiyati va jangovar tajribasini, qay tarzda o‘z qo‘shinlarini jangga rag‘batlantirganini batafsil tahlil qilgan. 

Jang davomida ancha tajribali bo‘lgan Boyazid o‘zining toliqqan jangchilarini qayta guruhlarga ajratgan, biroq shu zahotiyoq ular Amir Temurning o‘qchilari tomonidan otilgan o‘qlar yomg‘iriga uchragan, nayzalar turklarning himoya to‘siqlarini teshib o‘tgan va jangning tugashini hal qilgan.

Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" turkumidagi “Chexiya Respublikasi to‘plamlari” kitob-albomida (XVI jild) tanishishingiz mumkin. 

Loyihaning bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.