XIX asrning oxirlari – XX asrning boshlarida O‘zbekistonning shaharlarida ikki turdagi musiqiy ansambl mavjud bo‘lgan.
Birinchi turi faqat puflab chalinadigan va zarbli musiqa asboblaridan iborat bo‘lgan bo‘lsa, ikkinchisi asosan torli asboblardan tashkil topgan bo‘lib, doira va bir necha puflab chalinadigan musiqa asboblari ularga jo‘r bo‘lgan. Ularning ijro sohalari ham turlicha bo‘lgan. Puflab chalinadigan va zarbli sozlardan iborat ansambl saroylarning ochiq maydonlarida chiqishlar qilgan, milliy tantanalar va harbiy tadbirlarda, qo‘g‘irchoq teatrlarining sahna ko‘rinishlari, masxaraboz va dorbozlarning chiqishlarida ishtirok etgan.
Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" turkumidagi “Chexiya Respublikasi to‘plamlari” kitob-albomida (XVI jild) tanishishingiz mumkin.
Loyihaning bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.
XX asrga mansub o'zbek musiqa asboblari
O'zbekistonning musiqa asboblari torli, puflab chalinadigan va zarbli asboblarning bir necha turlarini o‘z ichiga oladi.
