Movarounnahrda «kitobat san’ati» qachon paydo bo‘lgan?

Movarounnahrda «kitobat san’ati» qachon paydo bo‘lgan?

Movarounnahr hududida kitoblar qadim zamonlardan tayyorlangan, ammo «kitobat san’ati» tushunchasi to‘la ishonch bilan aytish mumkinki, XV asr birinchi yarmida, ya’ni Amir Temurning nabirasi Ulug‘bek tomonidan Xuroson (Hirot)dan Samarqandga «kitob ustalari»ning keltirilishi bilan paydo bo‘lgan.

Ehtimol, ularning orasida xattot Abdulloh al-Hiraviy («Hirotlik») ham bo‘lib, uning bu shaharda yaratgan ko‘plab qit’a xat namunalarini Ulug‘bek o‘limidan keyin saqlanayotgan eng qadimiy qo‘lyozmalardan biri hisoblangan va 854 / 1449–1450 yillar deb davrlashtirilgan. Abdulloh al-Hiraviy shuningdek, «Tabboh» (arabcha: oshpaz) taxallusi bilan ham mashhur. Uni Ja’far Tabriziyning shogirdi hamda mashhur xattot va davlat arbobi Abdulloh Marvarid Bayoniyning (1461–1526) ustozi deb atashadi.

Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” turkumidagi «XV–XVII asrlar Movarounnahr kitobat san'ati» kitob-albomida (XVII jild) tanishishingiz mumkin.

Loyiha bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.

Movarounnahrda «kitobat san’ati» qachon paydo bo‘lgan?
Movarounnahrda «kitobat san’ati» qachon paydo bo‘lgan?
Movarounnahrda «kitobat san’ati» qachon paydo bo‘lgan?