Ularni bu yerda “chini” (Chinniki – Xitoyniki) deb atashgan. Keyinchalik Yevropa va Rossiya idishlari paydo bo‘ldi.
Muzeyning Etnografiya fondida uncha katta bo‘lmagan chinni va fayans buyumlar kolleksiyasini uchratish mumkin. XVIII asr oxiriga mansub ikkita Germaniya chinni shamchirog‘i ularning eng qadimgisi hisoblanadi. Xitoy va Yaponiya mahsulotlari namunalari ham bor.
Fondda chinni va fayansdan yasalgan jami 560 ta, xususan Gardner va Kuznetsov mahsulotlari turkumidagi 232 ta buyum mavjud.
Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" turkumidagi “O‘zbekiston tarixi Davlat Muzeyi to‘plami” (ikkinchi qism) kitob-albomida (XXVII jild,) tanishishingiz mumkin.
Loyiha bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.
_1.webp)
_1.webp)
_1.webp)
_1.webp)
_1.webp)
