Irim-sirim, mavqe va yoshga bog'liq tillalar

Irim-sirim, mavqe va yoshga bog'liq tillalar

Zargarlik buyumlarini taqish nafaqat estetik mazmunga, balki irim-sirimlarga ham bog‘liq bo‘lgan.

Taqinchoqlarning miqdori va ko‘rinishi sohibining ijtimoiy mavqei, yoshini ham ko‘rsatib bergan. Taqinchoqlarning to‘liq to‘plamini ayollar to‘y marosimlari kunlarida taqishgan. U bir qancha taqinchoqlarni o‘z ichiga olgan. Kelinchaklarning boshini turli ko‘rinishga ega bo‘lgan tillaqoshlar bezab turgan. 

Tillaqoshlarning mashhur bo‘lgan shakllaridan biri tilla bargak deb atalgan. U mohi tillo deb atalmish yarim oy shaklidagi shokilalar bilan uyg‘unlashtirilgan. Tillaqoshdagi bu turdagi shokilalar yo bir juft bo‘lib, ikki chakkani, yoki bir dona o‘rnatilib, kelinlarning peshanasini bezab turgan. Samarqand tillaqoshlari o‘zining nafis ishlanganligi bilan ajralib turgan.

Mavzu doirasida batafsil “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" turkumidagi “Chexiya Respublikasi to‘plamlari” kitob-albomida (XVI jild) tanishishingiz mumkin. 

Loyihaning bosh homiysi – Eriell-Group neft xizmatlari kompaniyasi.

Irim-sirim, mavqe va yoshga bog'liq tillalar