Sug‘d davlatining poytaxti qayerda joylashgan?

Sug‘d davlatining poytaxti qayerda joylashgan?

Kuldortepa qishlog‘i Samarqanddan 35  km janubi-sharqda, Darg‘om orti kengliklarida (Urgut tumanida) joylashgan.

Qalʼa devorlari ichidagi maydon 17 gektarni tashkil etadi. Mavjud maʼlumotlarga ko‘ra, bu yerda sug‘d davlati poytaxti Maymurg‘ shahri joylashgan. Ilk bor qalʼa XX asrning 30-yillarida tadqiq etilgan. Bu yerda Davlat Ermitaji Zarafshon ekspeditsiyasi doirasida Yakubovskiy, G.V. Grigoryev va I.A. Suxarev kabi olimlar ishtirokida tadqiqotlar olib borilgan. 

1955–1957-yillarda ham qalʼa Rossiya hamda O‘zbekiston olimlari ishtirokidagi ekspeditsiya tomonidan o‘rganilgan. Qazishmalarda Kuldortepa miloddan avvalgi birinchi asrlarda ko‘l atrofida barpo etilganini ko‘rsatdi. Shu bilan birga u yerdagi dumaloq qalʼa undan ham oldinroq qurilgan bo‘lishi mumkin. V–VII asrlarda shahar rivojlanish cho‘qqisiga ko‘tarilgan. Buni arkli yirik binolar qurilishi tasdiqlaydi. Kuldortepadan qimmatbaho arxeologiya buyumlari ham topilgan. 

Ular orasida sirlangan sopol idishlar, shuningdek, shishadan yasalgan buyumlar bo‘lgan. Bu topilmalar Ermitajda Movarounnahrdan olib kelingan eng boy jamlanmalarni tashkil qiladi. Kuldortepaning so‘nggi davri XI asr oxirlari – XII asrga to‘g‘ri keladi. Bu haqda uy sharoitida ishlab chiqarilgan o‘ziga xos yozuv bilan bezalgan sopol topilmalar guvohlik beradi. 

Batafil: "O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" loyihasi, XV tom, "Davlat Ermitaji to‘plami"da o‘qishingiz mumkin.

Loyiha bosh homiysi  – Eriell Group neft xizmatlari kompaniyasi.

Sug‘d davlatining poytaxti qayerda joylashgan?
Sug‘d davlatining poytaxti qayerda joylashgan?
Sug‘d davlatining poytaxti qayerda joylashgan?